So’nggi yangiliklar

20:05МЮ ва "Ювентус" бразилиялик хавбекка қизиқмоқда  0 19:40Зоммер: "Агар ақлли ўйнасак, "Барселона" билан ўйинда имконият бўлишини билардик"  0 19:14Яйпанда янги жамоа ташкил қилинди  10 18:48Ламин Ямаль: "Жавоб ўйинида боримизни берамиз"  4 18:22Хаби Алонсонинг ўрнини ким эгаллайди? "Байер" Фабрегас ва тен Ҳаг номзодларини кўриб чиқмоқда  5 17:51​"Барселона" футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  5 17:22"Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланмоқда: Элдор Шомуродов даъвогарлар қаторида  17 16:56Ҳаммаси жиддий: Рюдигер жароҳати туфайли фаолиятини якунлаши мумкин  5 16:33"Манчестер Сити" икки кунда иккита ўйин ўтказади. Қандай қилиб?  12 16:26Родри тўлиқ машғулотларга қайтди  0 15:59Чин инсонийлик намунаси: Грилиш онасини йўқотган оилага ёрдам берди ва мухлисларга мурожаат қилди  1 15:35"Реал" собиқ устози Қатар терма жамоаси бош мураббийи лавозимига тайинланди  10 15:12Мухлислар билан тўлган, "Навбаҳор" "Оқ-тепа" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:46"Шўртан" Ғузорда бир киши кам қолган "Олимпик"ни йирик ҳисобда доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:29Салиба "Арсенал"нинг ПСЖдан учралган мағлубиятига баҳо берди  4

Jo Tong Sop: "Agar KXDR chempion bo'lsa xalqimiz xursand bo'ladi" Yangiliklar

Jo Tong Sop: "Agar KXDR chempion bo'lsa xalqimiz xursand bo'ladi"

Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston va KXDR uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Uning ikkinchi qismida KXDR bosh murabbiyi Jo Tong Sop va darvozabon Ri Myong Guk ishtirok etishdi. 

Aslida soat 18:00da boshlanishi lozim bo'lgan matbuot anjumani 10 daqiqa kechikib boshlanadigan bo'ldi. Bunga sabab sifatida Sidneyda yuzaga kelgan mashinalar tirbandligi ("probka") ekani aytildi. Malumot uchun, ayni paytda shahar juda kuchli yomg'ir yog'moqda. Havo harorati ham tushib ketdi.

Uzoqqa ketib qolmang, raqiblarimiz ishtirokidagi matbuot anjumani bir necha daqiqada boshlanadi. 

Nihoyat murabbiy va futbolchi stadionga etib kelishdi. Demak, matbuot anjumani boshlandi. 

Jo Tong Sop: - Musobaqada barcha finalga chiqishga havas qiladi. Bu Osiyodagi eng katta musobaqa sanaladi. O'zbekistonni ozmi-ko'pmi bilamiz, ularning futbolidan xabarimiz bor.

Ertaga musobaqaning ilk o'yini bo'lib o'tadi. Biz bor kuchimiz bilan o'ynaymiz. Yaxshi natijaga umid qilamiz.


- Nima uchun bir qator asosiy futbolchilarni Avstraliyadagi musobaqaga olib kelmadingiz?

- Ularning ko'pchiligi jarohat tufayli musobaqaga kelishmadi. Qolgan o'yinlarga umid bog'lashga majburmiz.


- O'zbekiston bilan KXDR terma jamoasini taqqoslasak, sizning fikringizga ko'ra o'z jamoaingizga qanday baho berasiz?

- O'zbekiston terma jamoasini o'rganib chiqdik. Ularda tarkibda ko'plab o'zgarishlar borligini bilamiz. Raqibimizning kuchli va kuchsiz tomonlari bor. O'zbekiston yaxshi jamoa, ushbu jamoa Osiyo Kubogida ko'proq qatnashgan tajribaga egalar. Lekin biz ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- KXDR terma jamoasi qaysi bosqichga qadar etib boradi deb o'ylaysiz?

Ri Myon Guk: - Barcha jamoa g'alaba qozonishni istaydi. Biz ham musobaqada iloji boricha uzoqroqqa bormoqchimiz.  


- Nima uchun yaqinda KXDR terma jamoasida bosh murabbiy almashdi?

- Bu malumot to'g'ri emas. Bosh murabbiy almashgani yo'q. 


- Nima uchun Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonida o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etmadinglar? Bunga nima sabab bo'ldi?

- Har bitta murabbiy tayyorgarlikka o'zicha yondoshadi. Men shunday qaror qabul qildim. Asosiysi o'rtoqlik o'yinlari emas jamoadagi ichki muhit hisoblanadi.


- Futbolchilaringizdan biri 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan...

- Agar chorak finalga chiqsak u maydonga tushadi.


- Osiyo Kubogi Avstraliyada bo'lib o'tadi. Bu erdagi iqlimga moslasha oldinglarmi?

- Bizga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Bu borada hech qanday muammoga duch kelmadik. Musobaqa tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. 


- Nima uchun hozirda KXDR klublari faqat OFK Prezidenti kubogida ishtirok etishadi? Kelajakda klublaringiz OFK kubogi va Osiyo CHempionlar ligasida ham qatnashishi mumkinmi? 

- Buni OFK hal qiladi. Ayni paytda klublarimiz OCHLda o'ynashga tayyormi yoki yo'qmi buni bilmayman.


- Tasavvur qiling KXDR Osiyo Kubogida chempion bo'ldi...

- Albatta bundan baxtiyor bo'lardik. Butun xalqimiz uchun ajoyib bayram bo'lar edi. 

Ri Myong Guk: - Agar Osiyo chempioni bo'lsak ham xalqimiz, ham KXDR rahbari xursand bo'ladi. 


- Agar jamoa guruhdan chiqsa Janubiy Koreyaga raqiblik qilish ehtimoli ham mavjud. SHu borada qanday fikrdasiz?

- Biz guruhdan chiqa olsak undan keyingi bosqichlardagi raqibning kim bo'lishining farqi yo'q. Agar biz ikki karra kuch bilan o'ynasak kuchli raqibni ham mag'lub eta olamiz.


Xayrulla Xoliqov, Narzulla Saydullaev

Sidney shahridan

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика