JCH-2014. Xames Rodrigez to'purarlar poygasida yakka peshqadam
29 iyu 2014 03:45
Yangiliklar
JCH-2014. Xames Rodrigez to'purarlar poygasida yakka peshqadam
Braziliyada o'tayotgan mundialda to'purarlar poygasi ham ancha qizg'in tarzda kechmoqda.
Ushbu jahon chempionatida to'purarlar bahsida ham raqobat ancha kuchaygan. Kolumbiya - Urugvay bellashuvida ikki bor raqib darvozasini nishonga olgan Xames Rodrigez jami 5 marotaba to'p kiritib, goledorlar bellashuvida yakka peshqadamga aylanib oldi. Xames Rodrigez to'rt o'yinda besh bor raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Undan keyingi o'rinlarda Neymar, Messi va Myuller kabi charm to'p ustalari borishmoqda. Ular hisobida to'rttadan gol mavjud.
SHuningdek, gollandiyalik ikki futbolchi Robin van Persi, Aren Robben hamda shveycariyalik Jerdan SHakiri hisoblarida uchtadan gol bor.
Fikrlar