PSJ yirik transferni amalga oshirishga yaqin

Khoja
14 yanv 2025, 10:07
Napoli yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.

Gruziyalik futbolchini PSJ 70 million evroga sotib olmoqda. Futbolchining o'zi bilan esa besh yillik shartnoma tuziladi. 23 yoshli futbolchi Parij jamoasida yiliga 10 million evro ishlab oladi.

Xvicha joriy mavsum A Seriyaning 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com