So’nggi yangiliklar

00:45"Монако" "Манчестер Сити" ҳимоячисига кўз тикмоқда  0 00:32Саудия Про-Лигаси. Роналду ва Бензема жамоалари ғалаба қозонишди  4 00:09Дэвид Симэн: "Артетанинг тўртта алмаштиришидан шокка тушдим"  2 23:40"Реал" "Бетис"нинг 40-50 миллион евролик ҳимоячисига кўз тикди  0 23:05Туркия йиғини. "Қўқон-1912"нинг назорат ўйинлари тақвими  1 22:41Бразилия терма жамоаси ва "Милан" собиқ юлдузи Англиядан клуб сотиб олмоқчи  3 22:10"Ўзинг яхшимисан, Ромео?" — Дэвид Бекхэм "Манчестер Юнайтед" ғалабасидан сўнг ўғлининг устидан кулди  2 21:57"Ал Насср" ва "Ал Тавун" ўртасидаги 18-тур баҳси учун таркиблар маълум: Роналду асосий таркибда!  0 21:50РЕКОРД! "Фламенго" "Вест Хэм" футболчисини 41 миллион евродан қимматга сотиб олмоқда  1 21:30Паулу Фонсека "Лион" раҳбариятидан Эндрикни олиб қолишни сўради  1 21:00Флик: "Канселу жамоага яхши мослашяпти"  0 20:23Футзал харитаси: Барча йўллар Жакартага олиб боради  10 19:51Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди  42 19:25АПЛнинг жорий мавсуми сўнгги йиллардаги энг зерикарлиси бўлмоқда  8 18:52"Кремонезе" дарвозабони ўйиндан кейин стадионда қолиб кетди  2

Neftchi Ashurmatov bo'yicha rasmiy bayonot berdi Yangiliklar

Neftchi Ashurmatov bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'zining telegram sahifasida Neftchi futbol klubi 500.000 dollarga futbolchi sotib oladi degan xabar tarqatdi.

Ushbu holat bo'yicha «Neftchi» quyidagilarni malum qiladi.

«Neftchi» yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan holda tayyorgarliklarni davom ettirmoqda. SHunga muvofiq ravishda selekciya ishlari ham davom etmoqda. Kuni kecha klub rasmiy sahifalarida klub ijrochi direktori Muhammadsolih Abdusattorovning qisqa intervyusi taqdim etilgandi. Unda Muhammadsolih Abdusattorov selekciya jarayonlari haqidagi fikrlarida aytilgan ikkita poziciya bo'yicha o'zbek futboli jamoatchiligiga tanish bo'lgan bir qator futbolchilar ko'rib chiqilayotgani va muzokaralar davom etayotganini bildirilgandi. Ro'yxatdagi futbolchilar orasida bugun tarmoqlarda nomi keltirilgan terma jamoamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov ham bor. Lekin «Neftchi» klubi shuni malum qiladiki, jamoa rahbariyati Rustam Ashurmatovning transfer huquqini sotib olishni rejalashtirmagan. Bu holat bo'yicha tarmoqlarda bazi blogerlar asoslanmagan va noto'g'ri malumotni tarqatdi.

SHuningdek, klub ijrochi direktori Muhammadsolih Abdusattorov bu holat bo'yicha qo'shimcha ravishda izoh berib o'tdi «Tarmoqlarda tarqalgan xabar 100% feykligini bildirib o'taman. Jamoamiz RPL klublaridan futbolchi sotib olish imkoniyatiga ega emas. Muzokaralar olib borilayotgan futbolchilarni qo'lga kiritsak ham yoki erkin agent sifatida yo ijara asosida buni amalga oshiramiz. Bunga yaqqol misol tariqasida o'tgan yili jamoamiz safiga «Alaniya»jamoasidan kelib qo'shilgan Husayn Norchaevni keltirib o'taman. Jamoamiz muxlislari klubimiz haqidagi aniq va to'g'ri xabarlarni klub rasmiy sayti va tarmoqlardagi sahifalaridan bilishlari mumkin».

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика