JCH-2014 oldidan. Xitoyda 1000dan ziyod qalbaki kubok ishlab chiqarildi
20 apr 2014 13:09
Yangiliklar
JCH-2014 oldidan. Xitoyda 1000dan ziyod qalbaki kubok ishlab chiqarildi
Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati boshlanishiga borgan sari oz vaqt qolyapti.
Albatta, bu musobaqaga bo'lgan qiziqish juda yuqori. “Daily Mail” nashrining xabar berishicha, Xitoyda mingdan ziyod qalbaki kuboklar ishlab chiqarilgan. Xususan Iu shahridagi omborlardan birida juda ko'plab soxta kuboklar topilgan.
Jahon chempionatini qo'lga kiritgan jamoaga beriladigan bosh sovrin aslida 18 karatli oltindan yasalgan bo'lib, vazni 6 kg.dan sal og'irroq. Xitoyliklar nima uchundir qalbaki kuboklarni Liviyaga jo'natishmoqchi. Bundan tashqari, Xitoy fabrikalarida mundial atributikalarining bir qismini ishlab chiqarish ham boshlandi.

Fikrlar