JCH-2014 oldidan. Roy Xojson: “Angliya himoyaga yotib olmaydi”
20 apr 2014 13:06
Yangiliklar
JCH-2014 oldidan. Roy Xojson: “Angliya himoyaga yotib olmaydi”
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson OAVga intervyu berar ekan, Braziliyadagi jahon chempionatida terma jamoa himoyaviy o'yin namoyish etmasligini malum qildi.
Angliya guruhdagi dastlabki uchrashuvini 15 iyun kuni Italiyaga qarshi o'tkazadi. Evro-2012 chorak finalida inglizlar aynan Italiyaga mag'lub bo'lgan holda musobaqani tark etgandilar. O'shanda o'yin 0:0 hisobida yakuniga etgan, penaltilar seriyasida esa omad “Skaudra adzurra” tomonida bo'lgandi.
Roy Xojson o'z intervyusida shunday dedi: “Biz jahon chempionatida jasur, o'zimizga ishongan va hech kimdan qo'rqmaydigan holatda bo'lamiz. Qolaversa, himoyaga yotib olish niyatimiz yo'q. Biz har bir bahsda hujum uyushtiramiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz”.
“Angliya chempionatida jamoalar hujumni xush ko'rishadi, shunday ekan, yigitlar terma jamoaga kelganda ham shunday o'yin ko'rsatishlarini xohlayman. Biz italyanlarga bir qator muammolar tug'dirmoqchimiz”.
Angliya terma jamoasi JCH-2014 saralash bosqichini mag'lubiyatsiz o'tkazdi. Ular faqat Polsha, CHernogoriya va Ukraina bilan durang o'ynashdi, xolos. Lekin o'rtoqlik o'yinlarida CHili va Germaniyaga imkoniyat boy berildi. Angliya JCHga borishdan oldin Peru, Gonduras hamda Ekvador bilan kuch sinashib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, Roy Xojson jamoasi “D” guruhida Italiya, Urugvay va Kosta-Rikaga qarshi bahs olib boradi.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar