JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Rossiya
17 iyu 2014 18:52
Yangiliklar
JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Rossiya
Rossiya terma jamoasi uchun bu galgi mundial uchinchisi hisoblanadi. Jamoa 1994 yilgi va 2002 yildagi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. SHuningdek, avvallari Sobiq Ittifoq nomi ostida etti marotaba ushbu musobaqada ishtirok etishgan. 1966 yilda Angliyada bo'lib o'tgan chempionatda ular to'rtinchi pog'onani egallashgan. Bu natija ular tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.
Sobiq Ittifoq tarqab ketganidan so'ng, Rossiya terma jamoasi 1994 yilgi va 2002 yilgi mundiallarda ishtirok etishgan. Braziliyadagi mundial esa Rossiya terma jamoasining uchinchi mundiali hisoblanadi. Rossiya so'nggi ikkita mundialda qatnasha olmagan.
Rossiya terma jamoasi 2008 yilda Evropa chempionatida o'zining eng gullagan davrini o'tkazan edi. Guss Xiddink qo'li ostida harakat qilgan rossiyaliklar Evro-2008 katta shov-shuv ko'tarishga erishishgandi.
O'shanda Rossiya terma jamoasi faqatgina Ispaniyaga mag'lub bo'lishgan. CHorak finalda esa Gollandiyani musobaqadan chiqarib yuborishni uddalashgan edi. Andrey Arshavin, Roman Pavlyuchenko, Bistrov va Jirkov singari futbolchilar Evropa chempionatida o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishgan.
2008 yilgi muvaffaqiyatdan so'ng, terma jamoa ruliga qoldirilgan Guss Xiddinkning asosiy vazifasi jamoani 2010 yildagi mundialga olib chiqish bo'lgandi. Ammo Rossiya terma jamoasiga Jahon chempionatiga yo'llanma olish nasib etmaydi va Guss Xiddink jamoadan ketadi.
Keyinchalik Dik Advokat Rossiya bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Ammo Dik Advokatning Evropa chempionatida ko'rsatgan qoniqarsiz natijasidan so'ng, unga ham javob berib yuboriladi.
Keyinchalik Jahon chempionati saralash bahslari oldidan italiyalik tajribali mutaxassis Fabio Kapello taklif etiladi. Aynan shu murabbiy Rossiyaga uzoq kutilgan mundial yo'llanmasi olib beradi.
Rossiya terma jamoasi etakchisi Roman SHirokov mundial starti oldidan jarohat oldi va chempionatni o'tkazib yuboradi.
Rossiya Braziliyada bo'ladigan mundialning "H" guruhidan joy oldi. Bu guruhda ularga Belgiya, Jazoir va Janubiy Koreya jamoalari qarshilik qilishadi.
Ushbu muxlisa Rossiyani mundialda chempion bo'lishini orzu qilayotganga o'xshaydi...
Rossiya terma jamoasi haqida:
Tashkil topgan yil: 1992
Bosh murabbiy: Fabio Kapello (Italiya)
Jamoa sardori: Vasiliy Berezuckiy
Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Viktor Onopko (109 o'yin)
Eng yaxshi to'purar: Vladimir Beschastnix (26 gol)
FIFA reytingidagi o'rni: 19
Ilk o'yin: Rossiya - Meksika 2:0 (1992 yil)
Eng yirik g'alaba: San-Marinro - Rossiya 0:7 (1995 yil)
Eng yirik mag'lubiyat: Portugaliya - Rossiya 7:1 (2004 yil)
Erishgan yutuqlari:
Evropa chempionati bronza medali sohibi: (2008)
Rossiya terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar:
1. Igor Akinfeev (CSKA Moskva)
2. Yuriy Lodigin ("Zenit" Sankt-Peterburg)
3. Sergey Rijikov ("Rubin" Qozon)
Himoyachilar:
4. Vasiliy Berezuckiy (CSKA Moskva)
5. Sergey Ignashevich (CSKA Moskva)
6. Georgiy SHennikov (CSKA Moskva)
7. Vladimir Granat ("Dinamo" Moskva)
8. Aleksey Kozlov ("Dinamo" Moskva)
9. Andrey Eshenko ("Anji" Maxachqala)
10. Dmitriy Kombarov ("Spartak" Moskva)
11. Andrey Semenov ("Terek" Grozniy)
Yarim himoyachilar:
12. Igor Denisov ("Dinamo" Moskva)
13. Alan Zagoev (CSKA Moskva)
14. Pavel Mogilevec ("Rubin")
15. Denis Glushakov ("Spartak" Moskva)
16. Viktor Fayzulin ("Zenit" Sankt-Peterburg)
17. Oleg SHatov ("Zenit" Sankt-Peterburg)
18. Yuriy Jirkov ("Dinamo" Moskva)
Hujumchilar:
19. Aleksey Ionov ("Dinamo" Moskva)
20. Aleksandr Kokorin ("Dinamo" Moskva)
21. Maksim Kanunnikov ("Amkar" Perm)
22. Aleksandr Kerjakov ("Zenit" Sankt-Peterburg)
23. Aleksandr Samedov ("Lokomotiv" Moskva).
SHahboz Beg'amov tayyorladi.
Fikrlar