So’nggi yangiliklar

12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  0 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  6 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  13 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  12 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67

Maftuna SHoyimova: "To'plar nisbati yakunda yuqoriroq o'rin egallash uchun kerak bo'lib qolishi mumkin" Yangiliklar

Maftuna SHoyimova: "To'plar nisbati yakunda yuqoriroq o'rin egallash uchun kerak bo'lib qolishi mumkin"

OK-2025 saralash bosqichi "S" guruhining 3-turi doirasida O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Kuvaytga qarshi bahs olib borishdi. Bahs terma jamoamizning yirik 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bahs yakunlanganidan so'ng futzalchimiz Maftuna SHoyimova o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'zbekiston terma jamoasi birinchi turdagi kutilmagan natijadan so'ng musobaqadagi dastlabki g'alabasini qayd etdi. Umumiy olganda, bugungi o'yin terma jamoamiz uchun qanday?

- O'yinlar oson kechmayapti. Sababi biz O'zbekistondamiz va o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynamyapmiz. SHu sababli birinchi bahsda biroz qiyinchiliklarga duch keldik va Kuvaytga qarshi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, g'alaba qozondik.

- Kuvayt terma jamoasi dastlabki ikki bahsda yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Siz kuvaytliklar darvozasiga uchta to'p kiritdingiz. Ushbu jamoaning darajasi haqida gapirib o'tsangiz?

- Biz har bir raqibni hurmat qilamiz. Kimdir kuchli yoki kuchsiz deyish noto'g'ri. Biz uchun Avstraliya ham va Kuvayt ham bir xil raqib.

- Uchinchi turdagi raqibimiz va hozircha guruh etakchisi Avstraliya jamoasi haqida fikr bildirib o'tsangiz? Bo'lajak raqib ancha jiddiy, ularni o'rganib chiqishni qachon boshlaysizlar?

- Biz barcha jamoalarni o'rganib chiqqanmiz va barcha raqiblarga qarshi kurashishga tayyormiz.

- Kiritilgan gollaringiz haqida nimalar deya olasiz?

- Gollar xuddi suvdek muhim. To'plar nisbati yakunda yuqoriroq o'rin egallash uchun kerak bo'lib qolishi mumkin. O'yin yakunida biroz omad kelmadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика