Postekoglu: "Arsenal" o'yinni nazorat qildi, bu normal holat emas"
16 jan 2025 14:51
Yangiliklar
Postekoglu: "Arsenal" o'yinni nazorat qildi, bu normal holat emas"
Tunda "Tottenxem" APL 21-turi doirasidagi bahsda hisobni ochganiga qaramay, yakunda mag'lubiyatga uchradi (1:2).
"Biz unchalik yaxshi o'yin ko'rsatmadik, ayniqsa, birinchi bo'limda. Juda passiv harakat qildik. "Arsenal"ga o'yin tizginini o'z qo'lida ushlab turish imkonini berib qo'ydik. Ikkinchi bo'lim nisbatan yaxshiroq bo'ldi, ammo u ham u qadar zo'r emas. Bu normal holat emas.
Nima bo'lsa ham javobgarlik mening bo'ynimda, sababi o'yinga futbolchilarni men tayyorlaganman. Biroq hozir meni ko'proq, biz ko'rsatgan o'yin tashvishga solmoqda. Mashg'ulotlarga qaytamiz va keyingi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.
Albatta, [mag'lubiyat] jamoaga tasir ko'rsatmay qolmaydi. Joriy mavsum juda ko'p uchrashuvlarda ustunlikni qo'ldan chiqardik, ko'p durang o'ynadik. Buni to'xtatish kerak.
Agar hozir taslim bo'lsak, unda shuncha mehnatimizdan mano bo'lmaydi. Dam olish kunlari bizni "Everton"ga qarshi muhim bahs kutib turibdi. Bu bizning maqsad", – dedi "Tottenxem" ustozi "TNT Sports"ga intervyu chog'ida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar