

London klubi rasman ma'lum qilishicha, xorvatiyalik mutaxassisning asosiy vazifasi – jamoani Premer-ligada saqlab qolish bo'ladi. Sababi Tomas Frank ishdan olingan paytda "Tottenxem" turnir jadvalida 16-o'rinda borayotgan va xavfli hududdan atigi besh ochko yuqorida edi.
"Nyukasl"ga qarshi uydagi mag'lubiyatdan so'ng Tomas Frank iste'foga chiqarildi. "Tottenxem" rahbariyati esa yozda unga uzoq muddatli voris tayinlashni rejalashtirmoqda.
47 yoshli murabbiy oktyabr oyidan buyon ishsiz edi – u o'sha paytda "Yuventus"dagi lavozimidan bo'shatilgan. Shuningdek, u ilgari "Lacio", "Marsel", "Galatasaray" va "Udineze" jamoalarini ham boshqargan. Tudor qisqa muddat ichida inqirozga uchragan jamoalarni barqarorlashtira oladigan mutaxassis sifatida tanilgan.



