So’nggi yangiliklar

02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  0 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  0 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  2 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  2 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  4 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  6 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  1 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  3 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1 21:25Мартинес "Астон Вилла" билан шартнома имзолади  1 21:06БУМ! Роналду YouTube'да канал очди ва рекорд қўйди  3

JCH-2014. Final. Germaniya - Argentina. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Final. Germaniya - Argentina. PREVYU

Bugun tunda bo'lib o'tadigan Germaniya - Argentina o'yini bilan navbatdagi jahon chempionatiga yakun yasaladi.
Braziliya va Gollandiya o'rtasidagi uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda gollandlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. SHunday qilib bronza medal sohibini aniqlab oldik. Endi esa bitta savol qolyapti: kim jahon chempioni bo'ladi? Germaniyami yoki Argentinami?
 
Har ikkala jamoa uchinchi marta musobaqaning finalida o'zaro to'qnash kelmoqda. Albatta, bunaqasi futbolda kamdan kam ro'y beradi. Argentina 1986 yilgi musobaqada zafar quchgan bo'lsa, Germaniya 1990 yilgi turnirda g'alaba qozongan. Demak, tarozi pallasi hozircha teng. Lekin bugungi bellashuvdan keyin tosh qaysidir jamoaning foydasiga og'ir bosadi.



Germaniya mazkur jahon birinchiligida juda yaxshi taassurot qoldirdi. Ayniqsa yarim finalda ularning Braziliya ustidan 7:1 hisobida g'alaba qozonishi butun dunyo futbol jamoatchiligi etiborini o'ziga tortdi. Mana shu natijadan kelib chiqqan holda ko'pchilik nemislarni final favoriti deyishmoqda. Ammo ikkinchi tomondan bu - final va unda hamma narsa ro'y berishi mumkin.

Yoaxim Lyov oxirgi ikki o'yinda boshlang'ich tarkibni o'zgartirmadi. Franciya va Braziliya bilan o'yinlarda murabbiy bir xil boshlang'ich tarkibni maydonga tushirdi. Final uchrashuvida ham shunday bo'lishi mumkin. Nemislar ustozi himoya markazida Boateng - Xummels juftligini maqul ko'rmoqda. Filipp Lam esa qanotda o'ynaydi. Maydon markazida Xedira bilan SHvaynshtayger o'ynaydi, Kloze yaqqol hujumchi vazifasini bajarsa, Tomas Myuller qanotlarda to'p tepadi. Mertezaker, Gyotce, SHyurrle va boshqalar zaxirada qolsa kerak.



Germaniya dabdaba bilan finalga chiqib kelgan bo'lsa, Argentina jimgina etib keldi. Ko'pchilik bu jamoaning finalga chiqishini kutmagandi. Buni argentinalik futbolchilarning o'zlari ham matbuot orqali aytib o'tishdi. Lekin buyog'i sovringacha bir qadam qoldi va Argentina g'alaba qozonish bor kuchini ishga solishi turgan gap. Terma jamoa ustozi oldida tarkib borasida muammolar yo'q emas.  Alexandro Sabella turnir davomida tarkibni bir necha bor yangilab turdi. Demikelis, Enco Peres, Lavessi singari futbolchilarni ham tushirdi. Gollandiya bilan kechgan yarim final bahsida Serxio Aguero jarohatidan tuzalib hartugul oxirgi daqiqalarda maydonda ko'rinish berdi. Lekin Anxel Di Mariyaning ahvoli haliyam yaxshi emas. U bugun asosiy tarkibda o'ynay olmaydi. SHuningdek, Fernandes, Rodriges, Gago ham zaxiradan joy olishadi.



JCH-2014. Final
GERMANIYA - ARGENTINA
Rio-De-Janeyro. “Marakana” stadioni.
Bosh hakam: Nikola Riccoli (Italiya)

Taxminiy tarkiblar

Germaniya: Noyer - Lam, Boateng, Xummels, Xevedes - Xedira, SHvaynshtayger - Myuller, Kroos, Ozil - Kloze

Argentina: Romero - Sabaleta, Demikelis, Garay, Roxo - Maskerano, Bilya, Peres - Messi - Aguero, Iguain



Finalni bir kishi yutishi mumkin emas. SHunday ekan, bugun Messiga oson bo'lmaydi. Buning ustiga raqib kimsan Germaniya. Ammo zamonaviy futbolda bir o'zi ko'p ishni uddalaydigan futbolchi bor bo'lsa, bu ham Messidir. Musobaqa davomida Argentina faqat Messidan iborat, jamoa uningsiz hech narsa qila olmaydi kabi gaplar ko'p aytildi. Lekin yarim finalda ko'rdik, boshqalar Messidan ko'proq yugurdi, ko'proq harakat qildi. Messi yaqqol ajralib turgani yo'q. Darvozabon Romero, himoyachilar Garay, Roxo, Demikelis, yarim himoyachilardan Maskerano nisbatan ko'proq ter to'kishdi. SHundan kelib chiqib Argentina jamoaviy o'yin namoyish etmoqda deya olamiz.
 
Finaldan oldingi fikrlar

Yoaxim Lyov (Germaniya termasi bosh murabbiyi):
“Men Argentinadan qo'rqmayman. Agar o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olsak, ularni mag'lub etamiz”.

Alexandro Sabella (Argentina termasi bosh murabbiyi):
“Germaniya har doim jismonan va taktik jihatdan kuchli bo'lib kelgan. SHu bois ham bu jamoa Braziliya va Italiya bilan birga eng ko'p sovrinni yutgan. Ular to'p bilan yaxshi ishlashadi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatmasak, Germaniyani mag'lub eta olmaymiz”.

Lionel Messi:
“Finalgacha etib kelishimizni bilardik. Lekin mening orzum hali ushalgani yo'q. CHunki jahon chempioni bo'lishni istayman. Barchamiz bunga tayyormiz”.



Xaver Maskerano:
“Finalga chiqdikmi, oxirgi o'yinda bor kuchni bergan holda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz uchun bir qadam qoldi. Nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi”.

Bastian SHvaynshtayger:
“Bosim ostida turibmiz deb o'ylamayman. Tarkibimizda katta o'yinlarni ko'rgan futbolchilar etarli. Bizda jahon chempionati finalida o'ynagan bitta o'yinchi bor, endi esa ko'pchilikni  tashkil etamiz”.

O'zaro o'yinlar 20 uchrashuv: +6=5-9 28:28
JCHlar doirasida: +3=2-1
Oxirgi bahs: 15.08.2012. Germaniya - Argentina 1:3 (Xevedes - Xedira-avtogol, Messi, di Mariya)



Qiziqarli faktlar
-   Evropa jamoalari shu paytgacha Janubiy Amerikada o'tkazilgan mundiallarda g'alaba qozonmagan
-   Germaniya terma jamoasi o'z tarixida sakkizinchi marta finalda o'ynaydi.
-   Oxirgi to'rtta finaldan uchtasida Germaniya imkoniyatni boy bergan. Yagona g'alaba 1990 yil aynan Argentina ustidan qo'lga kiritilgan.
-   Germaniya qatorasiga 17 o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmayapti.
-   Argentina jahon chempionatining pley-off o'yinlarida birortayam gol o'tkazib yubormadi.
-   Avvalgi ikki JCHda Argentina aynan Germaniyaga yutqazib musobaqadan chiqib ketgan, lekin bu voqealar chorak finalda ro'y bergandi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика