So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Олимпик" — "Насаф" 0:0 (матнли трансляция)  17 20:53Фабрицио Романо Гюндоганнинг "Барселона"даги келажагини маълум қилди  1 20:45Суперлига. "Нефтчи" - "Сўғдиёна" 0:2 (Матнли трансляция)  31 20:23ПРО-Лига. "Бухоро" "Хоразм"га қарши ўйинда ирода кўрсатиб, ғалаба қозонди, хоразмликлар 38-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  13 20:20"Ман Сити"га қайтиши кутилаётган Илкай Гюндоган фаолиятини якунлашини эълон қилди  2 19:58 "Футбол олами". "Андижон" ва ОКМКда мағлубият, "Навбаҳор"да дуранг — Суперлиганинг 16-тури ҳақида барчаси  0 19:40Бухоро - Хоразм учрашуви кеч бошланди — айбдор меҳмонларми?   1 18:59Суперлига. "Олимпик" - "Насаф": Асосий таркиблар маълум  6 18:22Саудия Арабистонидан навбатдаги юриш! "Ал Аҳли" "Челси" харид қилмоқчи бўлган форвард учун таклиф суммасини оширди  1 17:34⚡️ Ана холос! ПСЖ Килиан Мбаппе туфайли еврокубоклардан четлатилиши мумкин  8 16:50Тедди Шерингем: "Челси" 6 та ўйиндан кейин Марескани ишдан бўшатади"  7 16:09U-16 Халқаро ўртоқлик турнири. Шукуруллаевнинг суперголи Ўзбекистонни мағлубиятдан қутқариб қололмади  4 15:53"Нефтчи" ва "Навбаҳор"ни мағлубиятдан қутқариб қолган футболчилар, қариса ҳам гол ураверадиган Черан. Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси  3 15:40Суперлига. "Нефтчи"да 3, "Сўғдиёна"да 2, "Насаф"да — эса 1 та йўқотиш  4 15:30Вадим Абрамов ва бошқалар — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари  4

Superliga. "Olimpik" - "Nasaf" 0:0 (matnli translyaciya) Yangiliklar

Superliga. "Olimpik" - "Nasaf" 0:0 (matnli translyaciya)

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Olimpik" va "Nasaf" o'rtasidagi qoldirilgan uchrashuv boshlandi.

"Olimpik" — "Nasaf" 0:0
20.08.2024. 20:00
"JAR" stadioni, Toshkent
Bosh hakam: Xushnud Suyunboev
Yordamchi hakamlar: Feruz Dostonov, Mahmud Turdiev
Zaxira hakami: Doston Mirzarayimov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Rishat Nugmanov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Farruh Xudoyorov

"Olimpik": 99.Edem Nemanov, 8.Nodir Abdixoliqov, 9.Akbar O'ktamov, 10.Farruh Muxtorov, 11.Anvar Alijonov, 16.Rian Islamov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 22.SHahzod Toirov, 44.SHerzod Komilov, 70.Muhammadbobur Mo'ydinov, 77.Sunnatilla Abdullajonov (15.Muhsin Bozorov, 46).
Zaxira: 32.Jahongir Bo'riev, 2.Mirkomil Abdurazzoqov, 5.Maqsud Aloxo'jaev, 19.Ahmad Anvarov, 28.Rustam Jahonov, 29.Ulug'bek SHaripov, 64.Samandar Qodirov, 81.Abdulaziz Abdusalomov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Dilshodjon Komilov, 6.Murodbek Rahmatov, 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javoxir Sidiqov, 10.Bobir Abdixoliqov, 22.Igor Golban, 28.SHuxrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 14.SHarof Muhitdinov, 21.Doniyorjon Nazrullaev, 23.Kuach Yuel, 44.SHaxzod Akromov, 70.Jambuli Jigauri, 88.Marko Stanoevich.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



54. Xavfli vaziyat! Marushich raqib jarima maydonida bosh bilan xavfli zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni yonginasida o'tib ketdi.

51. Xavfli vaziyat! Abduxoliqov ketma-ket ikkinchi marotaba zarba yo'lladi, bu safar aniqlik etishmadi.

50. Abduxoliqov uzoq masofadan "Nasaf" darvozasini mo'ljalga olib ko'rdi. Nematov o'z o'rnida.

47. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. Muxtorovning uzatmasini dastlab himoyachi, keyingi hujumni Nematov qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Olimpik"da bitta o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Marushich ofsaydda qolib ketdi.

41. Xavfli vaziyat! "Olimpik"ning hujumi zarba bilan yakunlandi. Ibrohimovning pastlatib yo'llagan zarbasini Nematov tutib oldi.

39. Nasrullaevning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Nemanov o'z o'rnida. Bir yoqda Nematov, ikkichi tarafda Nematov darvozani qo'riqlamoqda.

36. Standart vaziyatdan oshirilgan to'p uchun "Nasaf" jarima maydonida kurash kechdi, ammo Nematov yakunda to'pni egallab oldi.

35. Nasrullaev o'z jarima maydoniga yaqin nuqtada raqib futbolchisini to'xtatib qoldi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

34. Xavfli vaziyat! Marushichning zarbasi yo'liga "Olimpik" himoyachilari to'g'anoq bo'lishdi.

32. Endi Nasrullaev raqib jarima maydoniga yaqin masofada yiqildi, ammo hakam yana fol qayd etilmaganini malum qildi.

29. Bozorov katta tezlikda oldinga borayotgan pallada yiqitildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

22. Nasrullaev bir futbolchini ortda qoldirib, Abduxoliqovga pas berdi. U esa qulay vaziyatdan turgan Marushichni to'p bilan taminladi. Biroq "Nasaf" hujumchisi o'yindan tashqari holatda turgandi.

18. Xavfli vaziyat! Abduxoliqov chap qanotda bir himoyachini ortda qoldirib, raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi. Ammo Toirov o'z vaqtida yordamga etib kelib, to'pni qaytardi.

16. Xavfli vaziyat! Marushich chap qanotdan uzatilgan to'pga "qaychi" uslubida zarba yo'lladi, biroq zarba darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

13. Nasrullaev raqib jarima maydonida o'zi tomon kelayotgan to'pni oyog'iga to'g'rilab olgunga qadar Mo'ydinov epchillik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

11. Marushich raqib jarima maydonida to'pni Abduxoliqovga uzatishga harakat qildi, ammo "Olimpik" himoyachilari vaziyatni anglashdi, keyingi hujumda esa Toirov chaqqonlik ko'rsatdi.

8. Nasrullaevning chan qanotdan jarima maydoniga uzatgan to'piga jamoadoshi etib kela olmadi.

6. Xavfli vaziyat! Bu gal Abdullajonov raqib jarima maydoniga yaqin nuqtadan zarba yo'lladi, ammo uning urinishi muvafaqqiyatsiz yakunlandi.

4. Xavfli vaziyat! Muxtorov "Nasaf" jarima maydonidan qaytgan to'pga kuchli zarba yo'lladi, ammo yo'nalish biroz noaniq ko'rinish oldi.

3. Bozorov Abduxoliqovni qulay vaziyatga olib chiqishi mumkin edi, "Olimpik" himoyachisi ishonchli harakat qildi.

1. Uchrashuv boshlandi. Dastlabki daqiqadayoq Toirov Bozorovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Olimpik" qizil, "Nasaf" ko'k rangli libosda harakat qiladi.

Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
20 avg 20:49:52
Ravshan Nabiyev
Negadur Nasaf mensimay uynayopdi oxiri bahayer boʻlsindan ishqilib.
+1   
20 avg 20:22:43
sharipov odil
Олимпикка омад. Галаба насиб қилсин
   
20 avg 21:13:49
Mirjalolboy
Нимага керакли ўйинларда Насаф гол ура олмайди, бу йил чемпион бўлмаса бошқа бунақа имконият келмайди.
   
20 avg 21:12:36
Тўлқин Хайит
Насафда икки ҳужумчи аммо Олимпик аниқ зарбаларда олдинда.
   
20 avg 21:11:34
Lochin Ziyadullayev
MTJ, PAXTAKOR foydalanuvchining fikriga javob berish
Paxtakori chilonzordegi muhlisimasmisiz
зурсанку ука алохида республиками тошкент уйнаб ёзсанг хам уйлаб ёз
   
20 avg 21:06:44
Xusan Qobilov
Ravshan Nabiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Aka kesatmasdan erkiyga oʻxshab gapurovuring .Pahtakar muhlislariyam bor nasafga muhlislik qilayotgan.Ja bir provakatsiya chiqarishga oʻrinasiz sal erkiy boʻlish kere.
Ман сразу тушундим кесатганини так асабимни бузгим кемади Мани супперлигага икта жамоам бор биринчиси Пахтакор кейин Насафни ашадий мухлисиман хаммаси оддий Ман бу йили Насафни чемпион булишини хохлиман нима мумкунмасми икта жамоага мухлислик клиш
   
20 avg 20:53:24
Karshi Nasaf Shokir aka
Насруллаевнинг узатмаси зарбага айланиб кетди, Неъманов ўз ўрнида. Бир ёқда Неъматов, иккичи тарафда Неъматов дарвозани қўриқламоқда.
   
20 avg 20:52:39
قهرمان
MTJ, PAXTAKOR foydalanuvchining fikriga javob berish
Paxtakori chilonzordegi muhlisimasmisiz
Қоғозга ўралган намёкга гап йўқ))))
   
20 avg 20:31:05
Xusan Qobilov
Ванихоят Насафга чемпионликни тилайман Насафни уз кузим Билан курий деп жар стадион на тушдим хозирча йомонмас лекин олимпикни боллариям узини курсатиш учун борини беришвотти нима бусаям насафга омад Пахтакор мухлиси
   
20 avg 20:22:28
Санжар Рашидов
Интернетда каердан курса булади?
   
20 avg 20:14:21
Sodiq Nazarov
АЛЛОХ МАДАДКОР БУЛСИН НАСАФИМ
-1   
20 avg 21:01:28
Joхa 202
Nasafga omad!!!
-1   
20 avg 20:53:56
Ravshan Nabiyev
MTJ, PAXTAKOR foydalanuvchining fikriga javob berish
Paxtakori chilonzordegi muhlisimasmisiz
Aka kesatmasdan erkiyga oʻxshab gapurovuring .Pahtakar muhlislariyam bor nasafga muhlislik qilayotgan.Ja bir provakatsiya chiqarishga oʻrinasiz sal erkiy boʻlish kere.
-1   
20 avg 20:35:03
MTJ, PAXTAKOR
Xusan Qobilov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ванихоят Насафга чемпионликни тилайман Насафни уз кузим Билан курий деп жар стадион на тушдим хозирча йомонмас лекин олимпикни боллариям узини курсатиш учун борини беришвотти нима бусаям насафга омад Пахтакор мухлиси
Paxtakori chilonzordegi muhlisimasmisiz
-1   
20 avg 20:27:24
Тўлқин Хайит
Техник хатолар, брак паслар кўп Насафда.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика