So’nggi yangiliklar

18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   0 18:18U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23. Таркиблар маълум  4 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  3 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  3 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3

Anvar Berdiev: "Oson o'tmagan o'yinda g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Oson o'tmagan o'yinda g'alabaga erishdik"

Pro-liganing 17-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Do'stlik" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yinni ko'rdinglar, g'alabaga osonlikcha erishmadik. Pro-ligada hozir har bir jamoa ochko uchun jiddiy kurash olib borayapti. Yigitlarga raxmat, oson o'tmagan o'yinda bizga g'alaba taqdim etishdi.

- "SHo'rtan" tanaffusdan startda 1 mag'lubiyat, 1 durang va bugun g'alaba qayd etdi. Sizningcha, jamoa mavsumning ikkinchi qismini qanday boshladi?

- Albatta, o'z uyimizda mag'lub bo'lsak, bu juda alamli. Startda "Buxoro"ga yutqazib qo'ydik. Ortga qarash kerakmas, natija qaytib kelmaydi. Oldindagi o'yinlarda yo'qotilgan ochkolar o'rnini qoplash uchun jiddiy harakat qilishimiz lozim bo'ladi.

- "Do'stlik"ning jadvaldagi o'rnidan va chetlatishdan kelib chiqsak, "SHo'rtan" bugun g'alabaga oson erishadigandek ko'ringandi. Lekin o'yin oson o'tmadi...

- To'g'ri aytdingiz, hozir Pro-ligada har bir o'yin oson o'tmayapti. Futbolchilarimiz ham dastlabki daqiqalarda shu fikrda bo'lishgan ko'rinadi. Hakam hushtagi chalinib o'yin boshlanganidan har bir futbolchi maydonda jon-jahdi bilan harakat qilishi kerak. Keyin o'yinni qaytarib qolish qiyin bo'ladi.

- Jasur O'rinovning to'pni qo'l bilan o'ynab, maydonda chetlatilgan vaziyatini qanday baholaysiz?

- Albatta, buni oqlamayman. Har bir futbolchi jamoa manfaati yo'lida ishlashi kerak. Sariq kartochkasi bor ekanini bilib turib ham qo'l bilan o'ynadi va xato qildi.

- Navbatdagi o'yin "Mashal"ga qarshi bo'lib o'tadi. SHu uchrashuv haqida fikringiz?

- Derbilar har doim o'zgacha o'tadi. CHunki o'z nomi bilan derbi. Biz bu o'yinga ham boshqa jamoalar bilan bo'lgani kabi tayyorgarlikka kirishamiz. Bugungi o'yinni tahlil qilib chiqib, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика