Bahrom Haydarov: "Suniy maydon bahona bo'lishi kerak emas"
21 avg 2024 23:27
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Suniy maydon bahona bo'lishi kerak emas"
Pro-liganing 17-turidan o'rin olgan "Aral" - "Qo'qon-1912" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- To'g'risini aytganda bugungi o'yinga 3 ochko uchun kelgandik. Nukusda "Aral"ga qarshi o'ynash oson emas. Bunday maydonda o'ynash qiyinchilik tug'diradi. Biroq bu bahona bo'lishi kerak emas. Yutishni istagan jamoa g'alaba uchun harakat qilishi kerak. O'yinimiz chiqmadi. Hisob adolatli deb o'ylayman, chunki har ikki jamoada ham g'alabaga bo'lgan kuchli ishtiyoqni ko'rganim yo'q.
- Maydon haqida fikringiz qanday?
- Albatta suniy maydon aytib o'tganimdek, bahona bo'lishi kerak emas. "Aral" jamoasi bu maydonga bizdan ko'ra yaxshiroq moslashgan. Lekin g'alabani istagan jamoa shunga yarasha harakat qilishi kerak. Ishtiyoq bo'lsa, yutib ketsa bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar