So’nggi yangiliklar

18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  9 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9

Aleksey Estafeev: "Birinchi bo'limda hushyorlikni yo'qotib qo'ydik" Yangiliklar

Aleksey Estafeev: "Birinchi bo'limda hushyorlikni yo'qotib qo'ydik"

Pro-liganing 17-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Do'stlik" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksey Estafeev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "SHo'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun biz ko'rsatgan o'yinda ko'p jihatlar o'xshamadi. Uchrashuv uchun tayyorlagan rejalarimiz o'xshamadi. CHetlatish ham qaysidir manoda natijaga tasir qildi. Birinchi bo'limda hushyorlikni yo'qotib qo'ydik. Ikkinchi bo'lim uchun yigitlardan minnatdorman. Vaziyatlar yaratdik, raqibga qarshi tura oldik.

- 15 daqiqa ichida jamoangiz 3ta gol o'tkazib yubordi. Buni qanday izoxlaysiz?

- Aytib o'tdim, birinchi bo'limda hushyorlikni yo'qotdik. Ozroq sarosima yuzaga keldi. Yigitlar o'z o'yinlarini topib olguncha raqib jazolab ulgurdi.

- "Do'stlik" 17 ta o'yinda 34 ta gol o'tkazib yubordi. Murabbiy sifatida vaziyatni qanday baholaysiz?

- Gol o'tkazdikmi, demak butun jamoa aybdor. Bunda bir futbolchi, masalan darvozabonning o'zi aybdor bo'lmaydi.

- Jamoani Pro-ligada qolish imkoniyatlari haqida fikringiz?

- Oldindan bir narsa deya olmayman, hammasini mavsum yakunida ko'ramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика