JCH-2014. Braziliya – CHili. PREVYU
28 iyu 2014 17:20
Yangiliklar
JCH-2014. Braziliya – CHili. PREVYU
Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida bugundan pley-off bahslari boshlanadi.
Dastlabki bellashuv Braziliya va CHili o'rtasida bo'lib o'tadi.
To'rt yil muqaddam JARda bo'lib o'tgan jahon chempionatining ayni shu bosqichida mazkur ikki jamoa o'zaro to'qnash kelgan va o'shanda Braziliya CHilini 3:0 hisobida mag'lub etib musobaqadan chiqarib yuborgandi. Xo'sh, bu safar ham Braziliya yoqimli ananasini davom ettiradimi yoki CHili sensaciya ko'rsatgan holda keyingi bosqichga yo'l oladimi? Ko'pchilik mana shu savollarga javob topish uchun ham o'yinni katta qiziqish bilan kuzatsa ajab emas.
Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, CHili Braziliya ustidan oxirgi marta 2000 yilda zafar quchgan. SHundan beri ular ikki bor durang o'ynab, 10ta o'yinda mag'lub bo'lishdi. CHili hozirgi bosh murabbiy qo'l ostida Braziliya bilan ikki marta o'ynagan. Bittasida durang (2:2) qayd etilgan bo'lsa, yana birida 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan. Bugun Xorxe Sampaoli hamkasbi Luis Felipe Skolarini mag'lub eta oladimi?
Guruh bosqichi paytida Braziliya ko'p marta tanqid qilindi. Ayniqsa, Xorvatiya ustidan qozonilgan qiyin g'alaba, Meksika bilan durang o'ynalgani jamoa muxlislariga yoqmadi. SHunga qaramay, Braziliya o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi. Skolarining aytishicha, uning jamoasini buyog'iga to'xtatib qolish qiyin bo'ladi.
CHili esa guruh o'yinlarini ajoyib tarzda o'tkazdi. Ularning Ispaniya ustidan g'alaba qozonishi ancha shov-shuvga sabab bo'ldi. Qolaversa, CHili terma jamoasi namoyish etayotgan futbolni ko'pchilik maqtamoqda. Xorxe Sampaoli faqat hujumga etibor qaratib qolayotgani yo'q, chililiklar vaqti kelsa yaxshi himoyalanishmoqda.
JCH-2014. 1/8 final
BRAZILIYA – CHILI
Belu-Orizonte. “Mineyrao” stadioni.
Hakam: Xovard Uebb (Angliya)
Taxminiy tarkiblar
Braziliya: Julio Sezar - Alvesh, Tiago Silva, David Luis, Marselo - Fernandino, Luis Gustavo, Oskar - Xalk, Fred, Neymar.
CHili: Bravo - Xara, Medel, Silva - Isla, Arangis, Dias, Mena - Vidal - Vargas, Sanches.
Luis Felipe Skolari (Braziliya termasi bosh murabbiyi):
“CHili ancha xavfli raqib. Endilikda butun dunyo CHilining qanday kuchga egaligini bilib oldi. Men esa bu gapni ancha oldin aytgandim. To'g'risini aytsam, men uchun bu jamoa noqulay raqib hisoblanadi. Agar tanlash imkoniyatiga bo'lganida CHilini bizga qarshi qo'ymagan bo'lardim”.
Xorxe Sampaoli (CHili termasi bosh murabbiyi):
“Muhimi, qo'rqmasdan o'ynashimiz kerak. Bugun butun stadion va mamlakat Braziliyani qo'llab quvvatlaydi. O'z navbatida biz ham mezbonlarga qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz”.
O'zaro o'yinlar
Jami 74 bahs - +52=15-7 167:61
Jahon chempionatida +3=0-0 11:3
Oxirgi o'yin: (10.11.2013): Braziliya - CHili 2:1 (Xalk, Robino - Vargas)
Qiziqarli faktlar
- CHililik Eduardo Vargas oxirgi 2 bellashuvda Braziliyaga gol urgan.
- Braziliya oxirgi 9 o'yinda CHili darvozasiga kamida ikkitadan to'p kiritgan.
- CHili hozirgacha Braziliya bilan safarda 26 bor o'ynagan: 6 durang va 20 mag'lubiyat.
- CHili mundialdagi beshta goldan to'rttasini birinchi taymda urdi.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar