So’nggi yangiliklar

18:59ОЧЛ 2. "Насаф" – "Шабаб Ал Аҳли" (матнли трансляция)  22 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  3 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  1 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  4 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  6 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  0 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7 15:10Жалолиддин Машарипов жамоасида бош мураббий ишдан бўшатилди  1 14:48"Брест" ЕЧЛдаги 2 та ғалаба учун 4,2 млн евро олади. Бу клуб футболчиларнинг 6 ойлик маошини қоплашга етади  4 14:22"Атлетико" ҳимоячиси "Реал"га қарши ўйинда бош миясидан жароҳат олди  0 14:00Transfermarkt ва Championat.Asia Суперлигада сентябрь ойининг энг яхшиларини аниқлашди  5 13:46Самуэль Это'О 6 ойга футболдан четлаштирилди  1

JCH-2014. Belgiya - AQSH. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Belgiya - AQSH. PREVYU

Bu ikki jamoa musobaqada sensaciyu qilishga urinmoqda. CHorak finalga chiqqan jamoa mana shu niyatiga etadi.
Belgiya va AQSH mundialda kuchli raqiblarga tashvish tug'dirishi oldindan kutilgandi. Belgiya guruh bosqichida umuman qiynalmadi, u qadar kuchli bo'lmagan kvartetdagi barcha o'yinlarni yutdi. AQSH esa Portugaliya va Gana kabi jamoalarni ortda qoldirgan holda guruhdan chiqdi.



Belgiya - AQSH
2 iyul. 01:00
Bosh hakam:
Jamel Haymudi (Jazoir)
Yordamchi hakamlar:
Redouane Achik (Marokash), Abdulhaq Etchiali (Jazoir)
Zaxira hakami:
Norbert Xauata (Taiti).

Taxminiy tarkiblar:

Belgiya:
Kurtua - Alderveyreld, van Byuyten, Kompani, Vertongen - Vitsel, Fellaini - Mertens, de Breyne, Azar - Origi

AQSH
: Xovard - Jonson, Gonsales, Besler, Bizli - Bekerman - Zusi, Jons, Bredli, Bedoyya - Dempsi

Jarohat olganlar: Kompani, Vermalen (ikkisi- so'roq ostida), Siman, Vanden Borre - Altidor

Diskvalifikaciya qilingan: Defur (Belgiya)

Bitta ogohlantirishga ega: Vitsel, Vertongen, Dembele, Alderveyreld - Jons, Bekerman, Gonsales



O'yinoldi fikrlar

Mark Vilmost (Belgiya bosh murabbiyi):


"Albatta, Belgiyani AQSHga qarshi o'yinda favorit deb hisoblamayman. Ammo maydonda o'zimizning o'yinimizni ko'rsatib g'alaba qozonishga urinamiz. Jahon chempionatining chorak finaliga chiqish uchun bor kuchimiz bilan o'ynaymiz".

Yurgen Klinsmann (AQSH bosh murabbiyi):

"O'yinga keladigan bo'lsak, unga tayyormiz. Biz penaltilar seriyasiga ham tayyorlandik. Bunday bo'ladi deb aniq ayta olmayman, lekin ruhiy holatimiz bunga tayyor bo'lishi lozim. Raqiblarimiz penaltilarni qay tarzda tepishlarini o'rganib chiqdik".

O'zaro o'yinlar

Ikkala jamoa o'zaro 5 marta to'qnash kelishgan. 4 marta Belgiya zafar quchgan, bir bor 1 AQSH g'olib chiqqan. To'plar nisbatida evropaliklar ustun: 8:5

Bu jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'yin (30.05.2013): AQSH - Belgiya 2:4 (Kemeron, Dempsi - Miralyas, Benteke-2ta, Fellaini)



Qiziqarli faktlar

- Belgiya guruh bahslarida atiga 4ta gol urdi. Pley-offga chiqqan jamoalar orasida faqat Greciyaning natijasi yomonroq (2ta gol);

- Loren Simandan tashqari barcha futbolchilar (darvozabonlar inobatga olinmagan) Belgiya safida maydonga tushib bo'lishdi;

- Tibo Kurtua maydonga tushgan o'yinlarda Belgiya terma jamoasi hozircha umuman mag'lub bo'lmagan.


Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика