So’nggi yangiliklar

18:59ОЧЛ 2. "Насаф" – "Шабаб Ал Аҳли" (матнли трансляция)  23 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  3 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  1 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  4 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  6 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  0 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7 15:10Жалолиддин Машарипов жамоасида бош мураббий ишдан бўшатилди  1 14:48"Брест" ЕЧЛдаги 2 та ғалаба учун 4,2 млн евро олади. Бу клуб футболчиларнинг 6 ойлик маошини қоплашга етади  4 14:22"Атлетико" ҳимоячиси "Реал"га қарши ўйинда бош миясидан жароҳат олди  0 14:00Transfermarkt ва Championat.Asia Суперлигада сентябрь ойининг энг яхшиларини аниқлашди  5 13:46Самуэль Это'О 6 ойга футболдан четлаштирилди  1

JCH-2014. Argentina - SHveycariya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Argentina - SHveycariya. PREVYU

CHorak finalga chiqish uchun Lionel Messi va uning jamoadoshlari "chaqilmas yong'oq" SHveycariyani taslim qilishi kerak.
Argentina guruh bosqichida uch bor g'alaba qozondi. Ammo uchala safar ham oson g'alaba qo'lga kiritlgani yo'q. Lionel Messi barcha o'yinlarda jamoasining muhim gollarini urdi.

Ottmar Xitcfeld shogirdlari guruhda Franciyaga yirik hisobda mag'lub bo'lishdi. Qolgan ikki bahsda esa Ekvador va Gonduras ustidan g'alabaga erishgan SHveycariya keyingi bosqchiga chiqdi.



Ikkala jamoa shu bosqichga qadar bir nechta yo'qotishlarga duch keldi. SHveycariyalik markaziy himoyachi Stiv fon Bergen yuz suyagidan jarohat oldi. Sabelya esa mundialda hujumchi Serxio Agueroni maydonga tushura olmaydi. Uning o'rnini Esekel Lavessi to'ldirishi kerak. Bundan tashqari SHveycariya hujumchisi Mario Gavranovich JCH-2014da biron marta ham maydonga tushmay ortiga qaytadigan bo'ldi.


Argentina - SHveycariya
1 iyul. 21:00
Bosh hakam:
Yunas Eriksson (SHveciya)
Yordamchi hakamlar: Matias Klasenius (SHveciya), Daniel Varnmark (SHveciya)
Zaxira hakami: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya).

Taxminiy tarkiblar:

Argentina:
Romero - Sabaleta, Garay, Fernandes, Roxo - Gago, Maskerano, Di Mariya - Messi, Lavessi, Iguain

SHveycariya: Benalo - Lixtshtayner, SHer, Djuru, Rodriges - Berami, Inler - Djaka, SHachiri, Mexmedi - Drmich  

Jarohat olganlar: Aguero - fon Bergen, Gavranovich



O'yindan oldingi fikrlar

Alexandro Sabelya (Argentina bosh murabbiyi):


"Koncentraciya va balansni qanday qilib saqlab turish kerakligini bilamiz. Albatta, guruh bosqichida xato qilsang boshqa o'yinlarda uni to'g'rilash mumkin. Pley-off o'yinlarida esa bunday emas".

Ottmar Xitcfeld (SHveycariya bosh murabbiyi):

"SHveycariya - Argentinaga qarshi o'yinda yaqqol autsayder, ammo bizning yo'qotadigan hech narsamiz yo'q. Messiga qarshi alohida futbolchi biriktirish? Yo'q. Biz barcha futbolchilarga qarshi o'ynashimiz kerak. SHunda Messini ham to'xtata olamiz".



O'zaro o'yinlar

Ikki jamoa o'zaro 6 marta to'qnash kelishgan. Ustunlik Argentina tomonida. Janubiy Amerika jamoasi 4 bor g'alaba qozongan va 2 marta durang o'ynagan. To'plar nisbati: 14:3

Jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'yin (29.02.2012): SHveycariya - Argentina 1:3 (SHakiri - Messi 3ta)

Qiziqarli faktlar

Lionel Messi Braziliyada Jahon chempionatlaridagi 7 o'yinlik golsiz seriyaga barham berib 3ta o'yinda 4ta gol urdi.

Argentina Jahon chempionatlarining 1/8 finalida olti bor o'ynagan. Faqat bir marta (1994 yil Ruminiyaga qarshi) jamoa chorak finalga chiqa olmagan.

SHveycariya esa ikki bor 1/8 finalda o'ynagan va ikklasida ham mag'lub bo'lgan. 1994 yil Ispaniyaga va 2006 yil Ukrainaga.

Argentina guruh bosqichidagi uchta o'yinda 65,6 foiz to'pni o'zida saqlab turgan. Bu natija mundialdagi eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика