JCH-2013 (U17). Osiyo jamoalarining ko'rsatkichlari qanday bo'ldi?
30 okt 2013 17:13
Yangiliklar

JCH-2013 (U17). Osiyo jamoalarining ko'rsatkichlari qanday bo'ldi?
BAA mezbonlik qilayotgan o'smirlar o'rtasidagi mundialda 1/8 final o'yinlari bo'lib o'tdi.
Etiborlisi chorak finalga bironta Osiyo vakili chiqa olmadi.
Musobaqa mezboni BAA guruhdagi barcha o'yinda mag'lub bo'ldi. Arablar Gonduras (1:2), Braziliya (1:6) va Slovakiyaga (0:2) imkoniyatni boy berib guruhda so'nggi o'rinni band etishdi.
Iroq ham BAA singari guruhda ochko ololmadi. SHveciya (1:4), Meksika (1:3) va Nigeriyaga (0:5) qarshi o'yinlarda iroqliklar hech nima qila olishmadi.
Eron esa Argentina va Kanada bilan durang (1:1) o'ynadi va so'nggi turda Avstriyani 1:0 hisobida taslim qilib keyingi bosqichga chiqdi. 1/8 finalda forslar Nigeriyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi - 1:4.
Yaponiya o'smirlari guruhda 100 foizli natija ko'rsatgan ikki jamoadan biri bo'ldi. Yaponlar Rossiya (1:0), Venesuela (3:1) va Tunisni (2:1) mag'lub etishdi. Nimchorak finalda esa SHveciyaga imkoniyat boy berib qo'yildi - 1:2.
Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi esa guruhdagi birinchi o'yinda Panamani 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Ikkinchi turda Marokash bilan murosa ko'chasi tanlandi - 0:0. Oxirgi turda Evropa vakili Xorvatiya 2:1 hisobida taslim etildi. 7 ochko jamg'argan O'zbekiston ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. 1/8 finalda barchangizga yaxshi malumki Gondurasga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik.
2011 yilgi o'smirlar o'rtasidagi mundialda O'zbekiston va Yaponiya chorak finaldan so'ng ortga qaytishgandi.

Fikrlar