So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Jamshid Saidov: “Futbolchilarimizga o'zlariga bo'lgan ishonch etishmayapti” Yangiliklar

Jamshid Saidov: “Futbolchilarimizga o'zlariga bo'lgan ishonch etishmayapti”

“Navbahor” – “Buxoro” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Jamshid Saidov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Qizil kartochkaga qadar deyarli o'yin nazoratini o'z qo'limizda ushlab turgandik. Buni samarasi o'laroq vaziyatlar sodir etayotgandik. Yani yigitlar yomon taassurot qoldirishmayotgandi. Kamchilikda qolganimizdan keyin o'yinni borishi o'zgarib ketdi. Futbolchilarimizda ishonchsizlik kuzatilib xato ketidan xatolar kuzatildi. Oqibatda raqib ikkinchi golni urishga ham erishdi. SHundan so'ng yigitlarning harakatida pasayish kuzatildi. Garchi o'n kishi bo'lib o'ynagan bo'lsakda, vaziyatlarga ega bo'ldik. To'pni nazorat qilgan bo'lsakda, son jihatidan kamchilikda harakat qilish qiyin kechmoqda. Jamoa deyarli barcha uchrashuvlarda gol urayotgan bo'lsada, muammolarni mavjudligi va futbolchilarda ishonchni etishmasligi ijobiy natijalarni qo'lga kiritilishiga to'sqinlik qilmoqda. Yigitlar ruhiy tomondan tushkun holatga tushib qolishgan. SHu sababli, bu borada biror-bir jo'yali fikr bildirish mushkul. Bunga misol tariqasida bugungi o'yinni keltirish mumkin. Birinchi bo'lib gol urgan bo'lsakda, xatolarimiz tufayli o'z darvozamizdan to'plarni olib chiqishga majbur bo'ldik. Futbol xatolar evaziga ham tuziladi. Ko'p xatolarga yo'l qo'yish salbiy holatlarga olib keladi. Agarda 1:0 hisobida oldindan borayotgan vaqtda ikkinchi golni ura olganimizda uchrashuvni borishi umuman boshqa bo'lardi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика