So’nggi yangiliklar

11:31Рэшфорднинг агенти "Барселона" спорт директори Деку билан учрашди  0 10:56"Бунёдкор" Анталияга қандай таркиб билан йўл олди?  1 10:30Эшитдик-да! "Локомотив" билан шартнома қилган футболчилар Суперлигага қайтмоқда   11 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Қатар билан ўйнайди  0 09:35Тошкент клуби футболчиси "Қизилқум" сафига бориб қўшилди  1 09:10"Андижон" Туркияда 9 та назорат учрашуви ўтказади. Рақиблар орасида Норвегия жамоаси бор  1 08:30Про лига тўпурари клуби билан келишувни узайтирди  0 08:00Санъат Шихов "Бунёдкор" U-21 жамоасида иш бошлади  3 07:30"Навбаҳор"дан кетган футболчи Баҳрайн клуби билан шартнома имзолади   2 03:05ЕЧЛ. "Атлетико" "Байер" устидан иродали ғалаба қайд этди, "Ливерпуль" эса "Лилл"дан устун келди ва бошқа натижалар  11 03:00ЕЧЛ. Лиссабондаги ёмғирли драмада "Барселона" фантастик камбэк қайд этди!  206 01:20Жалолиддин Машариповнинг қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  14 00:52ЕЧЛ. "Аталанта"дан йирик ғалаба, "Монако" эса "Астон Вилла"ни мағлубиятга учратди  6 00:44Пеп Гвардиола: "Ҳусанов АПЛда ўйнашга тайёр. ЕЧЛда эса плей-оффга чиқиб олишимиз керак"  5 23:58Пеп Гвардиола: "Ҳусанов иложи борича тезроқ инглиз тилини ўрганиб олади деб умид қиламан"  16

Jamoalardagi o'zgarishlar: Kimga foyda-yu, kimga zarar? "Qizilqum" Yangiliklar

Jamoalardagi o'zgarishlar: Kimga foyda-yu, kimga zarar? "Qizilqum"

Zarafshondan Navoiyga ko'chirilgan jamoa bir necha yillar mobaynida turli saviyadagi legionerlar tinimsiz taklif etiladigan va muqim tarkibga ega bo'lmagan klub sifatida gavdalanib kelgandi.
Lekin oxirgi paytlarda bunga barham berilganiga guvoh bo'lyapmiz. Har holda, tarkibda mahalliy yosh futbolchilar paydo bo'lishdi. Jamoa o'zagi asta-sekinlik bilan o'sha yoshlar atrofida shakllantirib borilyapti. Bu juda yaxshi. Yuriy Lukin o'tgan yili jamoani oliy ligada saqlab qoldi. Endi esa u o'rtamiyonalar qatoriga qo'shilishi mumkin bo'lgan jamoani tuzish bilan band. O'zgarish unchalik ko'p sodir bo'lgani yo'q. 7 nafar futbolchi “Qizilqum”ga kelib qo'shildi. To'g'ri, jamoani tark etganlar soni anchagina, biroq ularning aksariyati o'tgan mavsumning birinchi davrasidan keyin Navoiydan ketib bo'lishgandi.

SHishelov, Jo'raev, Jumaev va Vagapov sobiq jamoalariga qaytishdi deb aytsa bo'ladi. Sadinov, Qurbonov hamda SHodmonov tarkibni kuchaytirish maqsadida taklif etildi. Ularning barchasi o'zlarini ko'rsatib ulgurgan futbolchilardir. “Qizilqum” yangi o'yinchilar uchun maqsadsiz pul sarflashdan voz kechgani ko'rinib turibdi. Endi yosh futbolchilarga etibor qaratadigan payt etib keldi. SHuncha yil legionerlar va o'rtacha saviyadagi yoshi katta o'yinchilarga pul sarflandi, biroq buning foydasi deyarli sezilmadi. Jamoa autsayderlar safidan uzoq muddatga chiqa olmadi.

SHuningdek, yoshlar bilan o'ynaganda katta mablag' sarflanmaydi. Bu ham mablag'ni tejash, ham yangi istedodlarni tarbiyalash deganidir. Lukin “Zarafshon”da ishlab, yoshlar bilan yaxshi jamoa tuza olishini ko'rsatdi. “Qizilqum” viloyat markaziga ko'chirilgach, jamoaga bo'lgan etibor va talab ortishi tayin. Bu yil ushbu jamoani jadvalning o'rta pog'onalarida ko'rsak, bu ham yomon natija bo'lmaydi.



“QIZILQUM”
Keldi                              Qaerdan

Vladimir SHishelov       “Metallurg” Kuzbass
SHerali Jo'raev             “Olmaliq”
Ruslan Vagapov              “Metallurg”
O'ktam Sadinov             “Zarafshon”
Mirjalol Qurbonov        “Guliston”
Samandar SHodmonov      “Nasaf”
G'ayrat Jumaev                “Neftchi”

“Qizilqum”ni 2013 yil maydonga tushgan futbolchilardan naqd 20 nafari tark etgan. Lekin bu bilan jamoa sezilarli tarzda kuchsizlanmadi. CHunki o'zgarishlar ko'proq o'tgan mavsumning birinchi davrasidan keyin ro'y bergandi. Qolaversa, mahalliy o'yinchilar ham saviya borasida boshqalardan qolishmasliklarini namoyish etishyapti. Lukin imkon qadar tarkibda oldiga qo'yilgan maqsadga erishish yo'lida kurasha oladigan futbolchilarni qoldirdi. Yangi kelgan o'yinchilar esa jamoaga moslashib ketishda yomon taassurot qoldirishmayapti. To'g'ri, SHishelov hozircha gollar hisobini ochganicha yo'q, lekin Volodya raqib himoyachilarini o'ziga jalb etishi bilan ham navoiyliklarga yordam beradi. Ayni paytda “Qizilqum”ning himoyadagi ishlari yomon emas, biroq raqib darvozasini ishg'ol qilishda muammolar mavjud. Aynan shuni hal etgan taqdirda Lukin bemalol yaxshi natijaga umid qilishi mumkin.

2012 yilgi tarkibga etibor qaratsak, undan Jabborov, Makosin, Xoliqov, Rustamov, Usmonov, Jo'raev, Qambarov, Haydarov va Abdullaevning o'ynab kelayotganini ko'ramiz. Bu yomon ko'rsatkich emas. 9 futbolchi jamoa o'zagini tashkil qilishi mumkin. Bu raqam futbolimiz darajasida yomon emas. Bazi jamoalarda ikki yil oldinga tarkibdan buncha ancha kam futbolchilar qolgan.



Ketganlar: Xurshid Yo'ldoshev, Ravshan Mehmonov, Zafar To'raev, Isroil Ergashev, Eldor Tojiboev, Aziz G'ulomxo'jaev, Ilya Ilin, Temur Yafarov, Avaz Agaliev, Azamat Abdullaev, Yanis Manzukas, Muqim Toshmatov, Andrey Vlasichev, Timur Vasilev, Timur Ayzatulov, Alisher Samatov, Jalil Kimsanov, Farruh SHotursunov, Olim Navkarov, Feruz Boboqulov.

2012 yilgi tarkibdan qolganlar: Erkin Jabborov, Artyom Makosin, Akmal Xoliqov, Akmal Rustamov, Aziz Usmonov, SHerali Jo'raev, Fayzulla Qambarov, Farruh Haydarov, Aziz Abdullaev.

Jamoalarda yuzaga kelgan o'zgarishlarni tahlil qilishimizning sababi, ayni paytda klublarimiz qay darajada barqaror ekanligini ko'rsatishdan iborat. To'g'ri, bu hamisha ham jamoaning natijalariga tasir ko'rsatmasligi mumkin, lekin “Andijon” va “Navbahor” misolida buning salbiy tasiri borligini ko'rib o'tgandik. Kelasi haftada ham yana ikki jamoadagi tarkib bilan bog'liq o'zgarishlarga to'xtalamiz.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика