So’nggi yangiliklar

09:13Италиялик мутахассис МЮни бошқариши мумкин. Номзодни шахсан Фергюсон таклиф қилди  0 08:45Элит ОЧЛ. 2-тур якунларидан сўнг "Пахтакор" ўз гуруҳида нечанчи ўринга кўтарилиб олди?  0 08:05ОФК ЧЛ 2. Бугун "Насаф" БАА клубини меҳмон қилади  3 02:10ЕЧЛ. "Барселона", "Ман Сити", "Интер" ва "Боруссия" ўз ўйинларида йирик ғалаба қайд этишди. "Милан" "Байер"га ютқазди  7 01:55ЕЧЛ. "Арсенал" Лондонда ПСЖни ишончли ҳисобда таслим этди  8 01:36Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" "Ал Шорта"ни, "Ал Гарафа" "Ал Айн"ни мағлубиятга учратди  1 00:35Россия кубоги. ЦСКА "Пари НН"ни мағлубиятга учратди. Аббосбек Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:56Бруну Фернандешнинг қизил карточкаси ноҳақ берилгани расман тасдиқланди  6 22:34Лео Игита: "Бу мен учун сўнгги ЖЧ эди"  0 22:30Юрген Клопп орден билан мукофотланди  2 22:07Қозоғистон аъзоси Арнольд Кнауб: "Биз ҳисобни тенглаштиришга ҳаракат қилиб, кераксиз голлар ўтказиб юборавердик"  1 21:53Алан Бранди: "Игитани роса мақташганди, аммо биз унинг хатоларидан унумли фойдаландик"  1 21:15"Шабаб Ал-Аҳли" бош мураббийи Пауло Соуза: "Насаф" ҳозиргача биз дуч келган энг кучли рақиб, аммо..."  6 20:45Роналду: "Энг яхшиси бўлиш эмас, жараёндан завқ олишинг ва жамоага фойданг тегиши муҳимроқ"  14 20:24Аргентина футзалчилари ярим финал ҳақида нималар дейишди?  7

Jahon chempionatining 10ta eng omadsiz futbolchisi Yangiliklar

Jahon chempionatining 10ta eng omadsiz futbolchisi

Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionati tugashiga ham sanoqli kunlar qoldi.
Oldinda bizni yana to'rtta uchrashuv bizni kutib turibdi: ikkita yarim final, uchinchi o'rin uchun kechadigan bahs va final. Bu yilgi musobaqada bir nechta yangi yulduzlarni kashf qildik. SHu bilan birga yulduz o'yinchilardan bazilari o'zlarini ko'rsata olishmadi. Quyida o'z imkoniyatidan ancha past o'yin ko'rsatgan 10 nafar taniqli futbolchini keltirib o'tamiz.



10-o'rin. Dani Alvesh (Braziliya)
Vaqt o'tmoqda. SHu bilan birga Braziliyaning o'ng qanot himoyachisi Dani Alvesh ham qariyapti. Muxlislar uning o'ng qanotdan yorib kirishiga, ajoyib zarbasi-yu, to'pni jarima maydonchasi ichiga aniq uzatishiga o'rganib qolishgandi. Lekin ushbu jahon chempionatida Alvesh o'zini to'liq namoyon eta olmadi. Hatto Kolumbiya bilan kechgan chorak final bahsida murabbiy uni zaxirada qoldirib, o'rniga Maykonni tushirdi.




9-o'rin. Fred (Braziliya)
Jahon chempionati yakuniga etay deb qoldi, biroq Fred shu paytgacha atigi bitta gol urdi. Musobaqadan oldin esa braziliyalik muxlislar o'zaro Fred musobaqa to'purari bo'ladi deya bahs boylashgandi. Ammo buning endi imkoni yo'q. Malumki, bu hujumchini Luis Felipe Skolari yaxshi ko'radi va doim asosiy tarkibda o'ynatib kelmoqda. Bu holat qachongacha davom etarkin, ko'ramiz.




8-o'rin. Stiven Jerrard (Angliya)
34 yoshni qarshi olgan Jerrad uchun “Liverpul”dagi mavsum har holda yaxshi kechdi. Biroq u ham jahon birinchiligida o'zini ko'rsata olmadi. SHunday bo'ldiki, Angliya birorta ham o'yinda g'alaba qozonmay ortga qaytib ketdi. Jamoa sardori Jerrard esa musobaqada ko'pchilikning ishonchini oqlay olmadi.




7-o'rin. Benua Assu Ekotto (Kamerun)
“Tottenxem”ning chap qanot himoyachisi Benua Assu Ekottodan ham muxlislar yorqin o'yin kutishgandi. Biroq na futbolchi, na uning jamoasi Kamerun mundialda o'zidan iliq taassurot qoldirmadi. Umuman olganda, Ekotto ham Aleks Song kabi terma jamoa lagerini noxush kayfiyatda tark etdi.




6-o'rin. Xerar Pike (Ispaniya)
Gollandiya bilan kechgan dahshatli o'yindan keyin Xerar Pike boshqa ko'zga tashlanmadi. Etiroz yo'q, Pike dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri, ammo jahon chempionatida gollandlar undan osonlik bilan o'tib ketishdi. Endilikda muxlislar Pikega turmush o'rtog'i SHakira bilan yozgi tatilni ajoyib o'tkazishni tilashmoqda.




5-o'rin. Pepe (Portugaliya)
Ispaniya chempionatining eng kuchli himoyachilari uchun jahon chempionati yodda qolarli bo'lmadi. CHunki ular o'z imkoniyatlaridan ancha past o'yin namoyish etishdi. Xususan Pepe ham shular jumlasidan. Birinchi o'yindanoq qizil kartochka olib maydonni erta tark etish shartmidi? Lekin Pepe buni uddaladi va jamoasini naqadar qiyin vaziyatga solib qo'ydi.




4-o'rin. Igor Akinfeev (Rossiya)
Jahon chempionatida bir nechta darvozabonlar o'zlarini ko'rsata olishdi, lekin Akinfeev emas. Janubiy Koreya bilan uchrashuvda Li Kyun Xoning zarbasini bir eslang-a. Akinfeev qo'liga olgan to'pni shundoq darvoza to'riga joylab qo'ydi. Qolaversa, Jazoir hujumchisi Islam Slimani ham unga gol urishga muvaffaq bo'ldi.




Z-o'rin. Ueyn Runi (Angliya)
Angliya termasi Braziliyaga ketishidan oldin matbuot Runini rosa maqtagandi, lekin u ham jahon birinchiligida oddiy o'yinchiga o'xshab qoldi. JCH saralash bahslarida Runi terma jamoasining to'purari bo'lgandi, ammo musobaqaning o'zida u atigi bitta gol urdi. To'rt yil so'ngra Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialga Ueyn Runi keladimi-yo'qmi, bu hozircha ochiq savol bo'lib turibdi.



2-o'rin. Iker Kasilyas (Ispaniya)
Ushbu chempionat ayniqsa Iker Kasilyas uchun dahshatli tushga aylandi. U ham xuddi Akinfeevga o'xshab muxlislar ishonchini oqlay olmadi. Kasilyas Gollandiya va CHili bilan kechgan o'yinlarda uchta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Bu esa yakunda mag'lubiyatga olib keldi. Natijada uchinchi o'yinda o'z o'rnini Pepe Reynaga bo'shatib berishga majbur bo'ldi.




1-o'rin. Diego Kosta (Ispaniya)
Faoliyatida birinchi bor jahon chempionatida qatnashgan Diego Kosta boshi egik holda musobaqani tark etdi. Undan umid katta edi, hatto murabbiy ham Torresni zaxirada qoldirib, Kostaga ishonch bildirdi. Lekin u tushgan dastlabki ikki bahsda Ispaniya mag'lub bo'ldi. Avstraliyaga qarshi oxirgi bellashuvda esa David Vilya bilan Fernando Torres hammasini uddaladi. Bu paytda Kosta ortga qaytishga hozirlik ko'rayotgandi.

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика