Alan Brandi: "Igitani rosa maqtashgandi, ammo biz uning xatolaridan unumli foydalandik"
01 okt 2024 21:53
Yangiliklar
Alan Brandi: "Igitani rosa maqtashgandi, ammo biz uning xatolaridan unumli foydalandik"
- O'yin haqida
- Qiyin uchrashuv bo'ldi. Albatta, chorak finalda oson o'yin bo'lmasligi tayin edi. Biroq biz yaxshi o'yin ko'rsatib, natijaga erishishni uddaladik. Zo'r o'yin o'tkazdik deb bemalol ayta olaman.

- Qozog'iston haddan ziyod ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Bu sizlar uchun ayni muddao bo'ldi...
- O'ylaymanki, biz yorqin o'yin ko'rsatdik. Raqib darvozabonini rosa maqtashgandi, ammo biz uning xatolaridan unumli foydalandik. Biz uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rganimiz evaziga ularda xatolar ko'payib ketdi degan fikrdaman.
- SHu vaqtga qadar barcha mundiallarda 16 ta gol urgansiz. Bugun Qozog'iston darvozasi 6 marta ishg'ol qilindi, lekin siz gol urmadingiz...
- Ha, bu normal holat. Bugun gol urmagan bo'lsam-da, jamoamiz g'alaba qozondi, bu eng muhimi.
- Keyingi raqib Franciya. Faranglar tarixda birinchi marta yarim finalda o'ynaydi. Bu haqda qanday fikrdasiz?
- Franciya – yaxshi shakllangan jamoa. SHuning uchun ham yarim finalga chiqdi. Bizga qiyin bo'lishi shubhasiz, JCH yarim finalida oson o'yin bo'lmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar