So’nggi yangiliklar

20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  0 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  336 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  0 19:48Абрамович футбол клубига эгалик қилишни хоҳламаяпти  1 19:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Корея Кувайт дарвозасига 4 та тўп киритди  2 18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  1 17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади", Хитой сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  4 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  5 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  6 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2

Elit CHempionlar ligasi. "Paxtakor" safarda "Persepolis" bilan durang o'ynadi, mezbonlar safida O'runov zaxiradan maydonga tushdi Yangiliklar

Elit CHempionlar ligasi. "Paxtakor" safarda "Persepolis" bilan durang o'ynadi, mezbonlar safida O'runov zaxiradan maydonga tushdi

Elit CHempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan "Persepolis" - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

Elit Osiyo chempionlar ligasi, 2-tur
"Persepolis" - "Paxtakor" 1:1
30 sentyabr 2024 yil. Quds, "SHahri Quds" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam
: Abdulloh Jamoli (Kuvayt)
Qanot hakamlari: Ali Jraq va Saud Al SHemali (ikkalasi Kuvayt)
Zaxira hakami: Hussayn Abo Yahyo (Livan)
VAR: Abdulloh Al Kandari (Kuvayt)
AVAR: Hoshim Al Ibrohim (Kuvayt).

Gol: 1:0 — 1, Alipur, 1:1 — 59, Dragan CHeran.

"Persepolis": 1.Gendus, 11.Ahmadzoda (27.Mehri, 58), 9.Alipur (31.Joao, 58), 19.Amiri (10.Alkasir, 69), 20.El Amlud, 30.Gvelesiani, 6.Kanaani, 77.Xodabandelu (21.Sadegi, 46), 4.Muhammadi, 7.Rafei (70.Oston O'runov, 69), 5.Rigi.

Zaxira: 44.Asadi, 22.Rafei A, 3.Faraji, 15.Xobubati, 80.Salmani, 23.Sarlak.

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 7.Xojiakbar Alijonov, 3.SHahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 17.Doston Hamdamov (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 73), 30.Otabek Jo'raqo'ziev (99.Ulug'bek Hoshimov, 73), 10.Dragan CHeran (40.Kimi Merk, 84).

Zaxira: 1.Nikita SHevchenko, 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 8.Diyor Xolmatov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 31.Muhammadali Usmonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Ogohlantirishlar: Otabek Jo'raqo'ziev (3), Xodabandelu (23), Doston Hamdamov (45+1).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+3. Adhamzodaning zarasi "jonli devor"dan qaytdi.

90+2. Xoldorxonov raqib jarima maydoni chizig'i ustida yiqitildi. "Paxtakor"da qulay standart vaziyat yuzaga keldi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Oston O'runovning pasidan so'ng Al Kasir zarba yo'lladi, Nazarov to'pni egallab oldi.

84. "Paxtakor"da o'zagrish: Merk CHeran o'rniga maydonga tushirildi.

80. Xavfli vaziyat! Adhamzoda katta tezlikda raqib jarima maydoniga kirib borib, CHeranga uzatma amalga oshirmoqchi edi, ammo raqib darvozaboni va himoyachisi qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

77. Xoldorxonov yakkama-yakka vaziyatda raqib darvozaboni tomonidan yiqitildi, biroq hakam o'yindan tashqari holat qayd etilganini malum qildi.

75. Joau raqib jarima maydoni ichida xavf yaratdi, biroq Hamraliev uni zararsizlantirdi.

73. "Paxtakor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

69. "Persepolis" safida o'zbekistonlik futbolchi Oston O'runov zaxiradan maydonga tushdi.

64. Hamdamovning burchakdan uzatgan to'piga Azmiddinov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz tugadi.

59. GOOOOOOOOOOLLLLL! CHeran raqib jari ma maydoni chizig'i ustidan aylanma zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi!

58. Mezbonlar ikki o'zgarishga qo'l urdi.

53. Xavfli vaziyat! Alijonov raqib jarima maydoni ichida chap oyoqda xavfli zarba yo'lladi, biroq unga biroz aniqlik etishmadi.

52. Hamdamovning zarbasini Gendus qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+1. Hamdamov raqib hujumini fol evaziga to'xtatgani uchun ogohlantirildi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! Jo'raqo'zievning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

44. Xavfli vaziyat! "Persepolis" darvozaboni to'pni egallashda xatoga yo'l qo'ydi, Adhamzodaning bo'sh qolgan zarbasini esa himoyachilar qaytardi.

42. Xavfli vaziyat! Rafeining chap oyoqda yo'llagan aylanma zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

41. Kanaanining olisdan yo'llagan zarbasi ancha yuqorilab ketdi.

39. Xavfli vaziyat! Alijonovning uzatmasidan so'ng mezbonlar himoyachisi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishiga bir bahya qoldi.

36. Amiriga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. Standartdan uzatilgan to'p zarba bilan yakunlandi. Nazarov ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.

32. Amiri "Paxtakor" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi, biroq u o'yindan tashqari holatda ekanligi malum bo'ldi.

28. Xavfli vaziyat! Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'piga Jo'raqo'ziev bosh bilan zarba yo'lladi, ammo aniqlik etishmadi.

24. Xavfli vaziyat! Alijonovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Gendus qaytardi.

23. Azmiddinovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun Xodabandelu ogohlantirildi.

17. El Amludning bosh bilan yo'llagan zarbasini Nazarov bartaraf etdi. 

16. Ahmadzodaning jarima uzatmasini "Paxtakor" futbolchilari qaytardi, biroq to'p yana mezbonlar tomonidan olib qo'yildi.

12. Azmiddinov maydon markazida qoidabuzarlik sodir etdi.

8. Alipur raqib jarima maydoni ichida zarba yo'lladi, ammo zarba yo'liga "Paxtakor" himoyachilari to'g'anoq bo'ldi. 

6. CHap qanotdan uzatmasi natijasida CHeran ikkinchi qavatda ustun kelib, darvozaga bosh bilan zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq ko'rinish oldi.

3. Jo'raqo'ziev qo'pollik uchun ogohlantirildi.

1. GOL. "Paxtakor" ilk daqiqadayoq o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubordi. Alipur burchak uzatmasini muvaffaqiyatli yakunladi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Persepolis" qizil, "Paxtakor" oq-binafsharang rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика