Elit Chempionlar ligasi. O'zbekistonlik hakamlar Saudiya Arabistonidagi bahsni boshqaradi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2026, 21:11
O'zbekistonlik hakamlar brigadasi Osiyo Elit Chempionlar ligasi doirasidagi muhim uchrashuvga tayinlov oldi.

Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlarimiz Saudiya Arabistonida xizmat ko'rsatishadi.

14 aprel kuni Saudiya Arabistonida mahalliy "Al Ittihod" hamda "Al Vahda" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinni o'zbekistonlik referilar boshqarib borishi tasdiqlandi.

Hakamlar tarkibi:

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

VAR hakami: Firdavs Norsafarov

Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik hakamlar so'nggi yillarda qita miqyosidagi eng nufuzli musobaqalarda muntazam ravishda ishonib topshirilayotgan mas'uliyatli o'yinlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uzfhm