So’nggi yangiliklar

03:04Эксперт фикри: "Ўзбекистон Жаҳон чемпионатига бориб, шарманда бўлиб қайтиши керак эмас"   2 00:48Ҳарри Кейн Жаҳон чемпионатидаги мақсад ҳақида гапирди  1 00:24Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"  3 23:58Энцо Мареска "Ливерпул"га қарши ўйиндаги хатти-ҳаракатлари учун жазога тортилди  0 23:37"Милан" ва Emirates ўзаро келишувни расман узайтиришди  0 22:48"Golden Boy" мукофоти учун якуний номзодлар рўйхати маълум бўлди  5 22:15ESPN Жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин бўлган мамлакатлардан энг кучлилар рейтингини тузди. Ўзбекистон нечанчи ўринда?  6 21:50"Интер" рекорд даражада даромад қилди. Клуб 15 йил ичида биринчи марта фойдага кирди  0 21:24Каземиро Япониядан учралган мағлубият ҳақида гапирди  3 20:57Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон U-17 аёллар термаси Қирғиз Республикасига имкониятни бой берди  5 20:21Чехия термаси бош мураббийи Фарер оролларига учралган мағлубият ортидан ишдан ҳайдалди  0 19:45Йилдиз "Челси", "Арсенал" ва "Барселона"нинг диққат марказида  1 19:15Кокорин Россияда футболчиларнинг маоши ҳақида: "Жуда эрта кўп пул беришади"  1 18:51Скоулз: "МЮ Хейлундга ўхшаган ҳужумчи - Шешкони сотиб олди. Мантиқ қаерда?"  3 18:15"Барса" Левандовскининг терма жамоада олган жароҳати сабабли ундан норози  1

APL. "Manchester Yunayted" "Old Trafford"da sharmanda qilindi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" "Old Trafford"da sharmanda qilindi

APL 6-tur doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Tottenxem 0:3

29 sentyabr, 20:30 | "Old Trafford"

Gol: Jonson (3). Kulusevski (47), Solanke (77).

Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Martines, de Ligt, Mazraui, Ugarte (Eriksen, 73), Maynu (Maunt, 45; Diallo, 84), Brunu Fernandesh, Reshford (Xeylund, 73), Garnacho, Zirkze (Kazemiro, 46).

Tottenxem – Vikario, Udodji (Spens, 46), van de Ven, Romero, Porro, Meddison (Sarr, 77), Bentankur, Kulusevski, Verner (Bergvall, 77), Solanke, Jonson (Mur, 76).

Ogohlantirish: Mazraui (34), Diogu Dalot (39), Djonson (45+1), Maunt (45+4), Spens (54), Martines (55), Ugarte (65), Porro (73).

CHetlatish: Fernandesh (42).

Manchester United

Premier League . 6-tur

29/09/2024, 21:30

3
:
0
Tugadi

Tottenham Hotspur

Brennan Johnson - 3', Dejan Kulusevski - 47', Dominic Solanke - 77'

Stadion: Old Trafford, 73587 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
34'  Noussair Mazraoui
39'  Diogo Dalot
42'  Bruno Fernandes
45'  Kobbie Mainoo (Mason Mount)
45'  Mason Mount
46'  Joshua Zirkzee (Casemiro)
55'  Lisandro Martinez
65'  Manuel Ugarte
73'  Marcus Rashford (Rasmus Hoejlund)
73'  Manuel Ugarte (Christian Eriksen)
85'  Mason Mount (Amad Diallo)
3'  Brennan Johnson
3'  Micky van de Ven
45'  Brennan Johnson
46'  Destiny Udogie (Djed Spence)
47'  Dejan Kulusevski
54'  Djed Spence
73'  Pedro Porro
76'  Brennan Johnson (Mikey Moore)
77'  James Maddison (Pape Sarr)
77'  Timo Werner (Lucas Bergvall)
77'  Dominic Solanke
77'  Pape Sarr
81'  Micky van de Ven (Radu Dragusin)

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! MYU "Old Trafford"da yirik hisobda mag'lub qilindi. SHarmandalarcha mag'lub bo'ldi "iblislar". 

90+2. De Ligtning zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.

90+1. UXXXXXXX!! Solanke MYUni yanada chuqurroqqa ko'mishi mumkin edi. Zarbani Onana qaytardi. Bo'sh qolgan darvozaga Sarr gol ura olmadi.

90. Burchak zarbasidan keyin MYU hujumini ko'rdik. Umuman mantiqsiz va manisiz hujumlarni ko'ryapmiz. Balki Sulsherni qaytarish kerakdir...

86. Matnli translyaciyani MYU muxlisi yozmoqda. Umid qilamanki, bu ten Tag qo'l ostidagi so'nggi o'yin bo'ladi(

83. Maunt jiddiy jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o'rnini Amad Diallo egallaydigan bo'ldi.

77. GOOOOOOOOLLLLL!!! Solankeeeeee!! O'yindagi intriga batamom o'ldi. Mankunianliklar "Old Trafford"da yirik hisobda mag'lub qilinmoqda!

77. "Tottenxem" barcha etakchilarini olib tashladi.

72. O'yin ochilib ketdi. Ikkala jamoa vakillari ketma-ket hujum uyushtirishmoqda.

69. ZARBAAAAAAAAA!!! Kazemironing zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!

66. Ugarte ogohlantirildi. Bugun omadsiz tun bo'lmoqda MYU uchun.

61. ZARBAAAAAAAA! Lisandroning zarbasi noaniq ketdi. VAR penalti ko'rib chiqdi va to'p qo'lga tekkan bo'lsa-da, "shporlar" darvozasi tomon penalti belgilanmadi.

56. ZARBAAAAAAAAA!!! Verner yana bir marta birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Onanadan dabl seyv!

50. "SHporlar" muxlislari "Old Trafford"da bayram qilishmoqda. Ular MYU bosh murabbiyiga qarata: "Ertaga ertalabdan ortingga tepishadi", deyishyapti.

47. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Ikkinchi bo'lim ham gol bilan boshlanmoqda! Kulusevski MYU himoyasidagi katta yoriqdan unumli foydalanib ketdi!

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

MYU o'yin "Old Trafford"da bo'layotganini yoddan chiqargan shekilli. Hujumga o'ta olmayapti. Balki ikkinchi bo'limda o'tib ko'rar. Hozircha tanaffus!

45+3. Maunt ham ogohlantirildi. Bosh hakam bugun hech kimni ayamoqchi emas.

45. Maynu o'yindan olindi. Maunt o'yinni davom ettiradi.

42. BRUNO CHET-LA-TIL-DI! Og'ir ahvolda qolayotgan mankunianliklarning ahvoli yanada og'irlashdi!

39. VERNEEEERRRR!! Umuman olganda undan kutsa bo'ladigan holat. Birga bir vaziyatda u Onanani nishonga oldi.

37. ZARBAAAAAAAAAA!!! Garnachoning zarbasi darvoza ustunini titratdi!

34. Udojiga qarshi qo'pol o'ynagani uchun Mazraui ogohlantirildi.

33. Romeroooooooo!!! Uning boshi bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

30. Dalotning qo'pol xatosidan so'ng Meddison Onana darvozasini nishonga oldi. Andre o'z o'rnida. O'tgan 30 daqiqa mobaynida to'liq ustunlik mehmonlar tomonida.

27. Sal qoldi! Qanotdan uzatilgan to'pni Jonson bo'sh qolgan darvozaga kiritishi mumkin edi. Mazraui to'pni qaytarib yubordi.

22. UXXXXXXXXXX!!! Zirkze hisobni tenglashtirishi mumkin bo'lgandi. Vikariodan seyv!

20. ZARBAAAAAAAAA!!! Jonson dubl qayd etishiga hozircha darvoza ustuni yo'l qo'ymadi.

15. Reshford chap qanotdan yurish qildi va darvoza yaqinidagi Zirkze tomon to'pni oshirdi. Vikario to'pga peshvoz chiqib, ushlab oldi.

13. UXXXXXXX! Udoji ham Onana zarbasi tomon zarba yo'lladi. To'p darvoza tepasidan o'tib ketdi.

11. Onanaaaaaa!! Kulusevski MYU jarima maydonchasiga osonlik bilan kirib bordi va Onana bilan birga bir holatga chiqdi. Zarbani Onananing elkasi qaytardi.

10. ZARBAAAAAAAAAAA!! Reshford raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va zarba yo'lladi. Vikariodan seyv!

8. O'yin sokinlashdi.

3. GOOOOOOOOOOOOOOOLLL!! Jonson hisobni ochdi! O'yin 0:1 bilan boshlanmoqda!

1. Hurmatli futbol ishqibozlari! "Old Trafford"da turning markaziy bahsi start oldi!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика