So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  10 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Zenit - bosh goleador Yangiliklar

Zenit - bosh goleador

FIFA kunlari, yani terma jamoalar o'yinlari sabab, milliy birinchiliklarda kichikkina tanaffus yuzaga kelganidan xabaringiz bor, albatta.

SHunday foydalangan footballhd.ru sayti Evropadagi etakchi ligalarga statistika nuqtai nazaridan qarab, sentyabr yakunlarini tahlil qildi. Yani Eng, eng, eng darajasidagi etiborli ko'rsatkichlarni ajratib ko'rsatdi.

Intizom muhim:

Borussiya (Dortmund) va Gerta


Intizom masalasida aynan shu ikki jamoaning peshqadam ekanligida ajablanarli tomoni yo'q. Gerta ustozi Pal Dardai o'z shogirdlariga hakamlar bilan tortishishni qatiy taqiqlab qo'ygan.  Bu Berlin jamoasining himoyaviy harakatlarida yaqqol sezilmoqda - futbolchilar har qanday holatda ham, hakamlar qaroriga etiroz bildirishmaydi. Qolaversa, Gerta vakillari raqiblar hujumini asosan mayda follar orqali to'xtatishadi. Borussiyada esa qo'pollik va kartochkalar soni kamligining sababi bitta: Tomas Tuxel mashg'ulotlar chog'i futbolchilar qo'liga tennis to'pchasini berib qo'yadi. Bundan ko'zlangan maqsad tayin - futbolchilar yakkakurashlarda bir-birlarining formalaridan tortolmaydilar. Qarangki, shu qiziq usul o'z samarasini beryapti. Xullas, Borussiya ham, Gerta ham chempionat doirasidagi 5ta o'yinda atigi 4tadan sariq kartochka oldi, xolos.

Ikkinchi qavat bilimdoni:

Augsburg

Ha, havodagi to'p uchun kurashlarda eng  ko'p  ustun  kelgan jamoa - Aug-sburg. Bu fakt kishini biroz hayratlantiradi. Zero, joriy mavsum Augsburg safida maydonga tushayotgan biror futbolchining bo'yi 190 santimetrdan baland emas. Demakki, jamoa azolari jismoniy kuch va to'g'ri poziciya tanlash hisobiga ikkinchi qavatda ustunlik qilishmoqda. Odatda himoyada o'ynaydigan jamoa havodagi to'plar uchun kurashga ko'proq kirishadi va bu borada yaxshiroq natija qayd etadi. Biroq Augsburgda to'p nazorati chakki emas - 49 foiz.  Yani uning o'yini faqat himoyaga asoslangan emas. SHunday ekan, bitta uchrashuvda o'rtacha hisobda 25,4ta havo kurashi yutilgani - fenomenal natija.

Himoya ustuni:

Leganes


Ispaniyaning Leganes klubi primero debyutanti va shuning uchunmi, asosiy etiborni himoya chizig'iga qaratmoqda. U maydonga asosan 4 nafar himoyachi va 2 nafar tayanch-buzuvchi bilan tushmoqda. Xullas, jamoa har bir o'yinda orqa chiziqda o'rtacha 24 marta to'pni olib qo'ymoqda. Biroq shunisi borki, bu boradagi faollik Leganesga uncha naf bermayapti: chempionat doirasidagi dastlabki 7ta uchrashuvda 10ta gol qo'yib yubordi.

Texnikadan saboq:

Liverpul


5ta top-chempionat bo'yicha olsak, eng ko'p aldamchi harakatlar Liverpul hisobida. Aslida Yurgen Klopp kombinacion futbolni yo'lga qo'ymoqda, lekin shuning barobarida futbolchilarning  individual sifatlariga ham loqayd qarayotgani yo'q. CHunonchi, uning ixtiyorida mahoratli ijrochilar etarli. Axir Mane, Starrij, Veynaldum, Koutino va Firmino kabi hujumkor futbolchilarga ega bo'la turib, ularning dribling bobidagi xususiyatlaridan foydalanmaslik mumkinmi? Qisqasi, qizillar bitta o'yinda o'rtacha 14,5 martadan muvaffaqiyatli aldamchi harakatlarni amalga oshirishyapti.

Asosiysi hujum:

Real (Madrid)

 Realning doimo hujumkor futbolga tayanishi hech kimga sir emas. Madridliklar xususan, sentyabr oyida ham barchadan ko'p hujum tashkil etishdi. Vaholanki, jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu 2 haftacha chetda yurdi. SHunga qaramay, Qirollik klubi keskin uzatmalar (bitta o'yinda 16,6ta) va darvoza tomon zarba yo'llash (bitta o'yinda 8ta) bobida eng yuqori natijaga erishdi. Raqiblar orasidan o'tuvchi paslar soni bo'yicha Barselonadan ham o'zib ketgani esa, shunchaki, kosmik ko'rsatkichdir.

Uzatmalar ustasi:

Bavariya

Pep Gvardiola Bavariyadan ketdi, biroq Myunxen jamoasida to'p uzatish miqdori kamaygani yo'q. Germaniya chempionati peshqadami o'yinning ushbu elementi bo'yicha katta ustunlikka ega. Ayni payt Karlo Anchelotti shogirdlari 90 daqiqa davomida o'rtacha hisobda 714 marta to'p uzatishyapti. Buning naqadar kosmik raqam ekanligini anglash uchun ikkinchi yaxshi ko'rsatkichga ega PSJning natijasiga qarash kifoya - o'rtacha 667ta pas. Boz ustiga, Parij superklubi bunday statistikani nisbatan engilroq chempionatda qayd etyapti.

Bosh goleador:

Zenit


Ha, futbolning asosiy mazmuni - gol masalasida Real, Barselona, Borussiya yoki Yuventus emas, balki Zenit peshqadam bo'lib turibdi. To'g'ri, piterliklar ichki birinchilikda o'ta kuchli raqiblarga duch kelishmadi. Lekin fakt shuki, ular oy davomidagi 6ta o'yinda 25ta gol urishdi va bu ayniqsa, Rossiya chempionati uchun supernatija sanaladi. Aytish joiz, jamoa ayni payt o'z o'yinini qayta shakllantiryapti va mahsuldorlik meyori hali yanada oshishi mumkin.

Zarba berishga o'ch:

Edin Jeko


Bosniyalik doimo iqtidorli hujumchi sifatida tariflangan, biroq uni top iborasi yordamida maqtashga til aylanmaydi, baribir. Harqalay, Edin zarba yo'llash uchun poziciya tanlash bobida benazir, ammo unda foydalanish koefficienti hamon past. Etibor bering, Jeko bitta o'yinda o'rtacha 5,8 marta zarba beryapti. Xullas, 5ta uchrashuvda raqiblar darvozasini naq 29 marta o'qqa tutgan futbolchi atigi 4ta gol bilan kifoyalandi.

Aniq pas timsoli:

Nikolya N~kulu


Bu borada ko'pincha hali yaxshi tanilmagan futbolchilar o'zlarini ko'rsatishadi. Nikolya N~Kulu - Lion markaziy himoyachisi. Uning to'p uzatish bobida 94,9 foizlik aniqlikka erishayotganini asosan qisqa paslar orqali o'ynashi bilan izohlash mumkin. Harqalay, francuz futbolchisining 55ta uzatmasidan atigi 2tasi uzoqda turgan jamoadoshiga yo'naltiriladi.

Himoya harakatlari peshvosi: Petros Mateus

N~Golo Kante joriy mavsum jahon futbolida himoyada eng ko'p ishlaydigan o'yinchi maqomini berib qo'ydi. CHunonchi, uning yangi klubi - CHelsi o'yinni ko'proq nazorat qiladi va unda to'pni tortib olish yoki uzatmalar yo'lini to'sish asosiy vazifa emas. Lekin bu masalada yangi qahramon bosh ko'tardi. Betisning tayanch yarim himoyachisi Petros sentyabr oyida bitta o'yinda o'rtacha 5,3 marta to'pni tortib oldi va 3 marta raqib uzatmasi yo'lini to'sdi. Xullas, u butun Evropada eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etib turibdi.

Keskinlashtiruvchi uzatmalar: Juliano

Eng, eng, eng ro'yxatiga tushgan Zenitning yagona vakili. Superjamoaviy futbolchi sanaladigan Juliano yaqinida turgan jamoadoshlariga pas berishdan tashqari, aqlga asoslangan keskinlashtiruvchi uzatmalar ustasi ekanligini isbotlayapti. U sentyabr oyida bitta o'yinda o'rtacha 5,4 marta shunday uzatmani amalga oshirdi. Yana bir etiborli fakt: Juliano ijrosidagi 7ta keskin pas gol bilan tugadi.

Aldamchi harakatlar:

Ibraim Traore

O'zi Ibraim aynan shu mavsum nur socha boshladi. Zero, Andre SHubert gvineyalikka eng mos keladigan poziciyani topib berdi va u effektli o'ynashni paysalga solmadi. Xullas, Traore Menxengladbax Borussiyasining qarshi hujum taktikasiga ideal darajada kirishib ketdi. Bunda tezkorligi va texnik salohiyati qo'l keldi. Ushbu vinger o'tgan oy bitta o'yinda raqiblarini tezlik olgancha 4,5 marta aldab o'tishga muvaffaq bo'ldi.

Pas bilan o'ynash:

Sokratis Papastatopulos


Tan olish kerak, Dortmund Borussiyasi bu mavsum keng doira bo'lib o'ynash va to'pni ko'proq nazorat qilish bobida yanada yorqinroq ko'rinmoqda. Tabiiyki, hujumlarni ishonch bilan boshlash uchun yaxshi pas beruvchi markaziy himoyachi zarur. Tomas Tuxel ixtiyorida bunday ijrochi bor. Orqa chiziqning markaziy qismida harakatlanuvchi Sokratis bitta o'yinda sheriklarini naq 92,6 marta to'p bilan taminlayapti. U bu ko'rsatkich bo'yicha butun qitada tengsiz.

Kross ishtiyoqmandi: Villian

Villianning CHelsidagi roliga nisbatan og'iz ko'pirtirib gapirish mushkul. Lekin braziliyalik futbolchi joriy mavsum ancha o'zgardi. Deylik, qanot bo'ylab oldinga intilishga odatlandi. Har holda, sentyabr oyida har bir o'yinda o'rtacha 3,7 marta krossga kirishdi. Umuman, u bu borada faollikni yanada oshirishi hech gap emas. CHunonchi, tezligi va dribling salohiyati joyida.

Ikkinchi qavatda engilmas: SHeyk N~doye

Havodagi to'plar uchun kurashda Anjening baquvvat markaziy yarim himoyachisiga teng keladigani yo'q. Bo'yi naq 192 santimetrga teng futbolchi yakkakurashlarga barchadan ko'p kirishib, ularda asosan ustun kelyapti. SHeyk bu ishni maydonning istalgan hududida bajarishga tayyor: har ikki jarima maydonida ham, markazda ham o'ta faol. Raqamlar bilan aytsak, N~Doye bitta o'yinda 8,9ta yakkakurash yakunida to'pning o'z jamoasiga nasib etishini taminlayapti.

A. AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика