So’nggi yangiliklar

22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  0 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  1 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  3 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  6 20:32U-23 Осиё кубоги. Ироқ ва Индонезия 3-ўрин ва Олимпиада йўлланмаси учун курашмоқда (онлайн ҳисоб)  18 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  18 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  3 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  6 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  2 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  1

Zayniddin Tojiev: "Bu jamoa avvalgi "Zomin" emas" Yangiliklar

Zayniddin Tojiev: "Bu jamoa avvalgi "Zomin" emas"

O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Zomin" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Zayniddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bizning maqsadimiz kubok doirasidagi har bir uchrashuvda yosh futbolchilarga tajriba to'plashlari uchun imkoniyat yaratib berish. O'yin borasida aytadigan bo'lsam, yigitlar harakat qilishdi. Tajriba borasida "Lokomotiv" ustun ekanligi ko'rinib turdi. Mezbonlarni g'alaba bilan tabriklayman.


- Futbolchilaringizni harakatlaridan qoniqish hosil qildingizmi?

- Aytib o'tganimdek, yigitlar kuchli raqibga qarshi qo'rqmasdan harakat qilishdi. Jamoamiz yosh, shu kabi o'yinlar orqali tajriba to'playmiz. Qaerdadir bir qadam etmay qolayapti. Ishlaymiz, ishlashda davom etsak, vaqti kelib natija o'zi keladi.

- O'yindagi yagona gol penaltidan kiritildi. Bu haqida fikringiz qanday?

- Hakamlar qarorini ko'rib chiqadiganlar bor. Biz muhokama qilmoqchi emasmiz. Vaziyat takrorini ko'rib chiqqanimiz yo'q.

- Muxlislarga malumot o'rnida, bu jamoa avvalgi "Zomin" emas, shundaymi?

- Ha, shunday. Hozir mutlaqo boshqa, yangi klub tuzilgan. Lekin uy uchrashuvlarimizni "Zomin" stadionida o'tkazamiz.

- Kubokda guruhdan chiqish vazifasi bormi?

- Biz ko'proq tajriba to'plashni maqsad qilganmiz. Ko'rdik, Superliga klubiga qarshi o'ynay olar ekanmiz. Hech bir jamoa yutqazish uchun maydonga chiqmaydi. Birinchi liga uchrashuvlariga ham jiddiy hozirlik ko'rayapmiz.



Reyting: -1   

Fikrlar

   
13 apr 22:07:54
Olim
Зоминмклуби футболчиларданмксрз булса,Диёр га мумкинми урнига не причем командани куйиш
   
13 apr 22:05:44
Olim
Спорт принциплари кани
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика