“Zarafshon”ni kim oladi?
12 fev 2014 01:28
Yangiliklar


“Zarafshon”ni kim oladi?
Navoiy shahrining Birinchi ligadagi jamoasi “Zarafshon”ni hozircha keyingi mavsumda ishtirok etishi nomalum bo'lib turibdi.
Olingan xabarlarga ko'ra Obid Xudayorov jamoasi mashg'ulotlar olib bormoqda. SHunga qaramay hali jamoasi moddiy tomondan taminlashni o'z zimmasiga oladigan homiy topilmagan. Navoiy shahrining Oliy ligada jamoasi “Qizilqum” bor va ko'p ehtimol bilan “Zarafshon” klubi viloyatning Zarafshon shahriga ko'chirilishi kutilmoqda edi. Biroq Zarafshon shahri ham hozirgacha jamoani olish haqida hech qanday fikr bildirmagan. “Zarafshon” jamoasining keyingi taqdiri hozircha nomalum bo'lib turibdi.

Fikrlar