So’nggi yangiliklar

08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  0 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  10 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  23 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  56 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4

Zafar To'raev: "Gennaddiy Denisov va Farhod Magometov "Gattuzo" deb chaqira boshlashgan" Yangiliklar

Zafar To'raev: "Gennaddiy Denisov va Farhod Magometov "Gattuzo" deb chaqira boshlashgan"

Muborakning "Mashal" klubi chempionatning 11-turida o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi hamda 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.
Bundan avvalgi turda "gazchilar" safarda "Buxoro" klubini ham mag'lubiyatga uchratib qaytishni uddasidan chiqishgandi.

So'nggi o'yinlarni Aleksandr Xomyakov shogirdlari avvalgi turlarda tobora o'zlarini tiklab olgan holda g'alabalarni qo'lga kirita boshladi. "Navbahor"ga qarshi kechgan bahsda mavsum arafasida jamoaga kelib qo'shilgan Zafar To'raev o'yinda ikkinchi to'pini darvozaga kiritdi va g'alabada o'z hissasini qo'shdi. Umuman olganda To'raev oxirgi uchrashuvlarda jamoasi qo'lga kiritilayotgan g'alabalarda o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Uchrashuvdan keyin Zafar To'raev bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

 - Bundan avvalgi turda qo'lga kiritilgan g'alaba bizga mazkur uchrashuvda qo'l keldi. "Buxoro" ustidan muvaffaqiyat qozonganimizdan so'ng, o'yinchilarning kayfiyatlari alo darajada edi. SHu boisdan "Navbahor" bilan bellashuvda maydonga navbatdagi muvaffaqiyatni ko'zlagan holda chiqdik. Umuman olganda uchrashuvga tayyorgarligimiz ham yaxshi tarzda olib borildi. Bevosita uchrashuvga to'htalsam, o'yinda bir-birimizni tushunib harakat qilganligimiz, jamoaviy o'yinni to'g'ri yo'lga qo'yganligimiz sababli, raqib darvozasini uch bora ishg'ol qildik. Qolaversa, bellashuv mobaynida qator imkoniyatlarni yuzaga keltirganimizga qaramay, ulardan foydalana olmadik. Hozirgi qayd etilgan hisob ham yomon emas.

 - "Navbahor" mavsumni juda ko'tarinka kayfiyatda boshladi. Avvalgi turlarda ko'plab jamoalardan ochko tortib olishga erishdi. SHu boisdan ushbu klubdan ko'p narsa kutsa bo'lardi. Namanganliklarning o'yini xususida nima deysiz?

 - Bu uchrashuvga qadar namanganliklarning asosiy tarkib o'yinchilarining oltitami yoki ettita futbolchisi jarohati borligi sababli, bu erga kelishmagan ekan. SHu ham jamoaga qiyinchilik tug'dirdi. Lekin, tarkibda qator yo'qotishlariga qaramay, "Navbahor" yomon o'yin ko'rsatishgani yo'q. Ayniqsa, himoyachilari bir-birlari bilan yaxshi chiqishgan holda o'ynaganligi, o'yinchilarning o'zaro tushunishib, paslar orqali harakat qilishganligi menda yaxshi taassurot qoldirdi. Ko'rinib turibdiki, namanganliklarda o'sish yuzaga kelgan. Hozirgi tarkibda ham yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Agar shunday tarzda harakat qilishsa, "Navbahor" mavsum poyoniga qadar yuqori o'rinlar uchun bemalol kurasha olishadi.

 - Ketma-ket ikki marotaba g'alaba nashidasini surishga muvaffaq bo'ldingizlar. Ko'rinib turibdiki, Mashal nihoyat o'z o'yinini topib olgan ko'rinadi, shundaymi?

 - Albatta, jamoamiz nihoyat o'z o'yinini topib oldi. Birinchi ligada chiqqanidan keyin tarkibga yangi kelganlarni moslashib olishi kerak edi. SHu boisdan har bir turda futbolchilarning o'zaro tushunishlarida muammolar yuzaga kelayotgandi. Qolaversa, "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Paxtakor"ga qarshi uyda o'tkazilgan bellashuvlarda mag'lubiyat alamini tortib olganimiz sababli, qolgan uchrashuvlarda ishqibozlarimizni quvontirishimiz talab etilardi. Yodingizda bo'lsa, samarqanddagi bellashuvda g'alabadan keyin safardagi ilk g'alabamizni qo'lga kiritgandik. Mehmondagi uchrashuvlarda qanday o'yin ko'rsatish kerakligini bilib olgandik. Bu esa "Buxoro"ga qarshi bahsda bizga asqotdi. Uydagi uchrashuvlarda ham g'alaba qozonishimiz kerak edi. Nixoyat, buni ham udalladik hamda muxlislarimixni xushnud etdik. Turdan-turga o'yinimiz yaxshilanib borayotganidan xursandmiz.

 - Mazkur uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldingiz. Avvalgi uchrashuvlarda esa gol kiritilishida o'z hissangizni qo'shib kelayotgandingiz. Ayni damda Xomyakov Sizni qaysi chizig'da ko'rishni istayapti?


 - Maydon markazida to'p surib kelmoqdaman. Qolaversa, o'ng qanot himoyasida ham sheriklarimga ko'maklashib boryapman. Albatta, maydon markazida to'p surayotganim sababli, oldingi chizig'dagi futbolchilarni ko'proq  to'p bilan taminlashim kerak bo'ladi. Yaxshi bilasiz, hujum chizig'imizda Zohir Qo'ziboev, Mo'ydin Mamazulunov singari tajribali hujumchilar to'p surib kelyapti. Ushbu o'yinchilarimiz yaxshi ochilishmoqda. Ularga aniq to'p etkazib berishda qiynalmayapmiz. Bosh murabbiyimiz ko'proq hujumchilarga vaqtida to'p berishimni talab qilmoqda.

 - Mashal joriy mavsum yuqori pog'onalar uchun kurashmoqchi bo'lib turibdimi?

 - Xuddi shunday. Ayni damda maqsadlarimiz shundan iborat. Mavsumni juda yaxshi tarzda o'tkazgan holda chempionatni kamida oltinchi o'rinda tugatishni o'ylab qo'yganmiz. Buning uchun gazchilar ko'proq g'alaba qozonishi hamda yo'qotilgan ochkolar miqdorini to'ldirib borishiga to'g'ri keladi. Birinchi davra yakunlanib boryapti, endilikda qolgan o'yinlarda ham g'alaba qozonib, tatilga yaxshi kayfiyatda chiqib ketishga harakat qilmoqchimiz.

 - Andrey Derkach legioner sifatida ayni paytda jamoada to'p surib kelmoqda. Ushbu futbolchinin jamoaga qo'shilganligi "Mashal"ga qay darajada yordam bermoqda?

 - Saviyasi yaxshi futbolchi ekanligi ko'rinib turibdi. Har bir uchrashuvda oxirigacha harakat qilib, jamoamizning muvaffaqiyatlariga ozmi-ko'pmi hissa qo'shib kelyapti. SHu boisdan aytishim mumkinki, Derkach jamoamizga qo'shilaganidan buyon yomon o'yin namoyish qilayotganicha yo'q.

 - Sizni jamoadoshlaringiz "Gattuzo" deb chaqirishadi. Ushbu laqabni kelib chiqishi qanday ro'y bergan?

 - CHig'atoy futbol maktabida o'qib yurgan kezlarimda Gennaddiy Denisov va Farhod Magometovlar "Gattuzo" deb chaqira boshlashgan. O'sha yili Italiya terma jamoasi jahon chempionati yaxshi o'ynagandi. Tarkibda "Gattuzo" ham bo'lganligi bois, meni shunday chaqirishni boshlashgan.

 - Braziliyadagi jahon chempionati o'yinlari boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Mazkur mundial bellashuvlarida qaysi terma jamoaga muxlislik qilasiz? Qolaversa, qaysi futbolchining harakatlarini kuzatmoqchi bo'lib turibsiz?


 - Doimgidek mezbonlar Braziliya hamda Portugaliya terma jamoalariga ishqibozlik qilmoqchiman. Mana shu jamoalarni finalga chiqishin istardim. O'ylaymanki, ikkisi ham yuqori natijalarni ko'rsatishga qodir. Futbolchilarga kelsam, Ronaldu, Pepe, Nani va Neymarlarning harkatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqchiman. Braziliyadagi jahon chempionati o'zining qiziqarligi va shiddatkoronaligi bilan ko'pchilikni etiborini tortishiga shubham yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика