

Monegasklar hujumchisi Kilian Mbappe bu seriyaga barham berdi. Shu tariqa, byankonerilar 2016 yil noyabr oyidan buyon ilk bor YCHL doirasida gol o'tkazishdi.
Turinliklar bu borada Milan, Ayaks va Chelsini ortda qoldirib gol o'tkazmaslik borasida ikkinchi o'ringa chiqib olishdi.
Eng yaxshi natijani 2005/06 yilgi mavsumda Arsenal qayd etgan. London klubi o'sha mavsum YCHLda 995 daqiqa davomida umuman gol o'tkazmagan.




