"Yuventus" va "Liverpul" klublari sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
15 jan 2020 00:41
Yangiliklar
"Yuventus" va "Liverpul" klublari sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
34 yoshli yarim himoyachi Muhammad Sissoko futbolchilik faoliyatiga nuqta qo'ydi.
"Bu men uchun yakun hisoblanadi, faoliyatimni tugatyapman. Bu qarorga kelish va buni ommaga oshkor qilish juda og'ir bo'ldi", — deydi Sissoko.
Mali terma jamoasi sobiq azosining so'nggi klubi Franciyaning "Sosho" klubi bo'lgandi, Sissoko ushbu klubda 2019 yilning avvalidan yoziga qadar to'p tepdi.
Eslatib o'tamiz, Muhammad Sissoko faoliyati davomida "Liverpul", "Valensiya", "Yuventus", PSJ, shuningdek, SHarqiy Osiyo jamoalarida ham o'ynashga ulgurgan.
Fikrlar