"Yuventus" Ronalduni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi
05 fev 2021 20:00
Yangiliklar


"Yuventus" Ronalduni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi
Bugun "Oltin to'p"ning 5 karra g'olibi Krishtianu Ronaldu 36 yoshga to'ldi.
"Yuventus" matbuot xizmati portugaliyalik futbolchini tug'ilgan kuni bilan tabrikladi: "36 yoshida har doimgidan yaxshiroq! Tug'ilgan kuning bilan, Krishtianu!".
4 fevral kuni Turin klubi futbolchi bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirishni xohlayotgani haqida xabar qilingan edi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Malumot uchun, joriy mavsum 23 uchrashuvda maydonga tushgan Ronaldu 22 gol, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar