“Yuventus” Ronalduga yangi shartnoma taklif etmoqchi
04 fev 2021 19:28
Yangiliklar
“Yuventus” Ronalduga yangi shartnoma taklif etmoqchi
Turinliklar forvardi Krishtianu Ronalduning jamoa bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yozida tugaydi.
Portugaliyalik ertaga 36 yoshni qarshi oladi, u yaxshi formada, Andrea Pirlo jamoasining asosiy figuralaridan biri hisoblanadi.
Tuttosport manbasiga ko'ra, “Yuventus” Ronalduga 2023 yil yozigacha mo'ljallangan yangi bitimni taklif etmoqchi.
U joriy mavsum A Seriyada 16 o'yinda 15 ta gol urgan holda to'purar bo'lib turibdi.
Fikrlar