"Yuventus" Ronaldu bilan shartnomani uzaytirishi va unga yordamchi sifatida top-forvard xarid qilishi mumkin

Alisher
16 mar 2020, 14:36
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Amaldagi shartnoma 2022 yilga qadar uzaytirilgan va har yil uchun 31 million evro miqdoridagi maosh ko'zda tutilganiga qaramay, turinliklar portugaliyalik futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishni xohlashmoqda.

Oldinroq, Ronalduning shartnomasi 2 yilga uzayishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Ronalduga yordam berish maqsadida turinliklar 30 yoshgacha bo'lgan forvard bilan shartnoma imzolashmoqda. Da'vogarlar orasida Timo Verner ("Leyptsig"), Xarri Keyn ("Tottenxem"), Gabriel Jezus ("Manchester Siti") va Mauro Ikardi (PSJ)lar bor.

35 yoshli Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 22ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tuttosport.com