"Yuventus" Kezani to'liq asosda xarid qildi
03 may 2022 20:36
Yangiliklar


"Yuventus" Kezani to'liq asosda xarid qildi
Turin klubi Florenciyaning "Fiorentina" jamoasi hujumchisi Federiko Kezaning transferini sotib oldi.
Transfer summasi 40 million evroni tashkil qildi va u bonuslar hisobiga yana 10 millionga oshishi mumkin.
Avvalroq "Yuventus" hujumchini 10 million evroga ijaraga olgandi.
24 yoshli Keza joriy mavsumda "Yuventus" libosida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 4 ta to'p kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Ayni paytda u og'ir jarohatdan forig' bo'lishda davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar