“Yuventus” Duglas Kostani 40 million evro evaziga sotib oldi
08 iyu 2018 00:20
Yangiliklar


“Yuventus” Duglas Kostani 40 million evro evaziga sotib oldi
“Bavariya” yarim himoyachisi Duglas Kosta “Yuventus” bilan to'laqonli shartnoma tuzdi.
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda “byankoneri”lar safida ijara asosida to'p tepdi.
Turin klubi futbolchi uchun 40 million evro to'lab berdi. “Bavariya” yana bir million evroni bonus sifatida olishi mumkin.
27 yoshli futbolchining turinliklar bilan kelishuvi 2022 yilgacha amalda bo'ladi.
Yakuniga etgan mavsumda Duglas Kosta “Yuventus” safida barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 6 ta gol urib, 15 ta golga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar