“Yuventus” Dibalaga yangi shartnoma taklif qiladi
16 okt 2019 09:44
Yangiliklar
“Yuventus” Dibalaga yangi shartnoma taklif qiladi
Dibala Turin klubi bilan yangi kelishuvga erishishi mumkin.
Turinliklar yozgi transferlar vaqtida Dibalani sotish variantini ko'rib chiqqan. Biroq “Yuventus” endi Dibalani klubda kamida 2024 yilga qadar olib qolishni xohlamqoda.
Yaqin haftalar ichida Dibalaning vakillari klub rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida uchrashuv o'tkazadi. Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Joriy mavsum Dibala “Yuve” safida A Seriyaning 5 ta o'yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar