So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  0 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15

Yuriy Vernidub "SHerif"ning ECHLdagi ilk mag'lubiyatidan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Yuriy Vernidub "SHerif"ning ECHLdagi ilk mag'lubiyatidan keyin nimalar dedi?

"SHerif" ustozi Yuriy Vernidub ECHL guruh bosqichi 3-turi doirasida safarda "Inter"dan uchralgan mag'lubiyat (1:3) borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yaxshi o'yin bo'lib o'tdi. "Inter" — grand jamoa ekanligini aytmasam ham barcha yaxshi biladi. Ular Italiya chempionatida oltin uchun kurash olib borishmoqda. SHunga qaramay, biz o'z o'yinimizni ko'rsatishga urindik. Birinchi bo'limni boy berdik — 0:1. Ikkinchi bo'limda taktik o'zgarish qildik va 5 nafar himoyachi bilan o'ynashga o'tdik, chiroyli tarzda javob golini urishga muvaffaq bo'ldik.

Afsuski, keyin standart vaziyatlardan yana ikkita to'p o'tkazib yubordik. Albatta, bundan ko'prog'ini, yaxshirog'ini istagandik. Biroq bo'lar ish bo'ldi. Men shogirdlarimga o'yin uchun, maydonda borlarini berib harakat qilganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman — ular oxirigacha kurashishdi. Oldinda Tiraspoldagi javob o'yini bor, tayyorgarlik ko'ramiz. Futbolchilarim bilan faxrlanaman.

"SHerif" va "Real Madrid" 3-turdan so'ng 6 ochkodan jamg'argan, lekin o'zaro o'yindagi natija tufayli Jasurbek Yaxshiboev jamoasi birinchi o'rinni egallab turibdi. "Inter" hisobida 4 ochko, "SHaxtyor"da — 1 ochko bor.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика