So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

Yuriy Sarkisyan "Neftchi" azolariga omad tiladi va yangi murabbiyga to'n kiydirdi Yangiliklar

Yuriy Sarkisyan "Neftchi" azolariga omad tiladi va yangi murabbiyga to'n kiydirdi

O'zbek futbolining afsonasi Yuriy Sarkisyan Toshkentda yig'in o'tkazayotgan "Neftchi" bazasiga tashrif buyurdi.

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rayotgan farg'onaliklar Toshkentdagi yig'in doirasida "Yangier-quruvchi"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazmoqda.

O'yin avvalida vodiy jamoasini uzoq muddat boshqargan Yuriy Sarkisyan "Bunyodkor" akademiyasi maydoniga tashrif buyurdi.

"Yigitlar, men nima ham deya olaman. Hayotda nimaga erishgan bo'lsam, barchasiga "Neftchi" sababchi bo'lgan. Futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham ushbu klub bilan muvaffaqqiyat sari qadam qo'yganman. Ko'pchilik menga qo'ng'iroq qilib, kimga muxlislik qilishimni so'rashadi. Kimga ham muxlislik qilishim mumkin? Men bungacha va bundan keyin ham faqat va faqat "Neftchi"ga muxlislik qilaman. Menga jamoada qanday rahbariyat ishlaganining nima farqi bor, men hamisha "Neftchi" bilan birgaman. Sizlarni ortda qolgan bayram bilan tabriklayman. Kelayotgan ikkinchi davra sizga omadli kelsin. Men har doim ushbu jamoaga muxlislik qilganman va bundan keyin ham muxlis bo'lib qolaman. Buni yodda tutishingizni istayman. Jamoani kim boshqarishi, unda kimlar ishlashi ahamiyatsiz - "Neftchi" hayotimning bir parchasi bo'lib qoladi. Sizlarga omad tilayman!" — dedi Yuriy Vazgenovich.

SHundan so'ng Sarkisyan yaqinda "Neftchi" bosh murabbiyi etib tayinlangan Vitaliy Levchenkoga to'n kiydirdi va uning kelgusi faoliyatida omad tiladi.


Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика