Yulian Nagelsmann: “Atletiko”ga qarshi bahs taqdirini bizning hujumkor o'yin hal etdi”
14 avg 2020 07:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/586734_original.jpg)
![](/upload/storage/586734_220.jpg)
Yulian Nagelsmann: “Atletiko”ga qarshi bahs taqdirini bizning hujumkor o'yin hal etdi”
“Leypcig” ustozi Yulian Nagelsmann ECHL 1/4 finali doirasida “Atletiko M”ga qarshi bahsdan (2:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Birinchi bo'limda unchalik ham ko'p vaziyat yarata olmadik, biroq yaxshi himoyalandik. “Atletiko”ga qarshi bahslarda sizda hujum uchun ko'p vaziyat bo'lmaydi. Ammo bugungi o'yin taqdirini bizning hujumkor o'yin hal etdi. “Atletiko”da ham vaziyatlar bo'ldi, ammo biz ko'prog'ini yaratdik. Keyingi raundga o'tgan taqdirda ko'prog'ini xohlash tabiiy holat. Bugun baxtlimiz, ertaga esa PSJ haqida o'ylashni boshlaymiz. Bu yana bir qiyin o'yin bo'ladi. Ammo unga ham rejamiz bo'ladi, albatta”, — deydi Yulian Nagelsmann.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar