So’nggi yangiliklar

09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  0 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  15 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  0 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  116 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  2 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  36 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15

Yozda oyog'i singan Javohir Esonqulov safga qaytdi Yangiliklar

Yozda oyog'i singan Javohir Esonqulov safga qaytdi

“Metallurg” hujumchisi Javohir Esonqulov o'tgan mavsum 16-turda “Dinamo” bilan o'yinda og'i jarohat olib, safdan chiqqandi.

SHuni mamnuniyat bilan qayd etish lozim, qiyin davolanish jarayoni ortda qoldi va Esonqulov “Metallurg” tarkibiga qaytdi. Ayni paytda poytaxtda davom etayotgan yig'in davomida Javohir jamoa shifokorlarning nazorati ostida individual shug'ullanayapti. Biz muxlislarimiz uchun Javohir Esonqulovdan blic-intervyu oldik.

-  Javohir, jarohatdan keyingi qiyin damlar ortda qolgani rost bo'lsin. Ko'z tegmasin mana shug'ullanishni ham boshlab yubordingiz...
-  Aytganingiz kelsin. Qo'li engil shifokorlarimizga katta rahmat. Tezroq sog'ayib ketishim uchun, jarohat asoratlari qolmasligi uchun qo'llaridan kelgan barcha chora-tadbirlarni ko'rishdi, ulardan minnatdorman. Sport travmatologiyasi bo'limi rahbari, medicina fanlari nomzodi Murodjon Irismetov etakchiligidagi shifokorlarning iliq so'zlari, mehrli munosabatlari tufayli bu qiyinchilikni engishga muvaffaq bo'ldim. Albatta klubimiz rahbariyatiga, klub shifokorlariga ham o'z vaqtida ko'rsatilgan yordam, ruhiy dalda uchun tashakkur aytaman.

-  Istaysizmi yo'qmi, jarohat olgan o'sha dam tez tez esingizga tushib tursa kerak...
-  Boshida uyqularimni bezovta qildi, ko'p esladim albatta. Hozir ortda qoldi. Iloji boricha shu xususda so'z ochilmasligini istayman. Hech kimning bunday jarohat olishini istamayman. Katta umidlar, kuch g'ayrat bilan ikkinchi davraga, uning birinchi turiga tayyorgarlik ko'rgandim. Yig'in davomida tajribali murabbiylarimiz, jamoadoshlarimning qo'lla-quvvatlashlari bois o'zimga bo'lgan ishonch ortib, ilk o'yinlarimdanoq muxlislarimiz mehrini yana qozonishga bel bog'lagandim. Falokat oyoq ostida deb bejiz aytishmas ekan. Samarqanddagi uchrashuvning 13-daqiqasidayoq mezbonlar darvozaboni Timur Jo'raev bilan yakkama yakka chiqdim. To'pni uning ustidan oshirib, o'zim ham sakrab o'tayotgandim, darvozabon juda yaqin kelib qolgan ekan, ulgurmadim. Unga urilib, noqulay yiqildim. Muvozanatimni o'nglashga ulgurmadim. Oyog'im tagimda qoldi. Qattiq og'riq sezdim. Menga birinchi yordamni ko'rsatib, maydonda olib chiqib ketgunlariga qadar to'rt-besh daqiqa vaqt o'tdi. Keyin bildik, boldir suyagim ikki joyidan ochiq singan ekan. Toshkentda – travmatolgiya ilmiy tekshirish institutida anchagina murakkab jarrohlik operaciyasini boshdan kechirdim. Keyin onam kelib meni Moskvaga, oilamiz bag'riga olib ketdilar. U erda uch oy yaqinlarim qarovida davolanishni davom ettirdim. Moskvadagi travmatolog shifokorlar ko'rigida bo'ldim. Toshkentdagi operaciyaning muvaffaqyaitli bo'lganligini ular ham takidlashdi va davolanish jarayonining to'g'ri kechishida o'z maslahatlarini berib turishdi. Xudoga shukur hozir yana qadrdon jamoam safidaman.

-  Jamoadoshlar to'p bilan ishlashayapti. Siz ham to'pni sog'inib qolgandirsiz?
-    Albatta. Ayni paytda tiklanish davridaman. Menga maxsus shug'ullanish dasturi ishlab berishgan. Jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashqlari, yugurish... Hammasini bosqichma bosqich amalga oshirib boramiz. Yanvar oyida meni davolagan shifokorlarim oyog'imdagi maxsus moslamalarni olib tashlashadi. Ana o'shandan keyin to'p bilan ishlagna ham navbat keladi.

-  Do'stlarning xushchaqchaq davrasida tiklanish ham engil kechadi, nima dedingiz...
-  To'g'ri aytasiz. Jamoadoshlar orasida ko'ngilsiz damlarni tez unutasiz. Tiklanish jarayoni ham tezlashadi, samarali bo'ladi. Nasib bo'lsa, maydonga barchasini unutgan holda qaytishimga oz qoldi. Bu onlarni sabrsizlik bilan kutayapman. Yangi mavsumda muxlislarimizga ko'proq xush kayfiyat, xursandchilik ulashishga harakat qilamiz.

-  Muxlislar ham Sizni sog'inib qolishgan. Tezroq maydonga qaytishingizni istashadi. Bu yo'lda Sizga kuch-quvvat, sabr va omad tilaymiz.
-  Rahmat.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика