Endryu Robertson Ispaniya klubiga o'tishga rozi bo'ldi
19 iyu 2025 00:20
Yangiliklar
Endryu Robertson Ispaniya klubiga o'tishga rozi bo'ldi
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson Madrid "Atletiko"siga o'tish g'oyasini maqulladi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning AS nashri.
Manba malumotlariga ko'ra, 31 yoshli shotlandiyalik futbolchi Evropa jamoalaridan birida yuqori darajada o'ynashni va Chempionlar ligasida ishtirok etishni davom ettirmoqchi. Takidlanishicha, vengriyalik himoyachi Milosh Kerkezning "Liverpul"ga o'tishi natijasida Robertsonning o'rniga ingliz jamoasida raqobat kuchayadi, shu bois futbolchi jamoa almashtirish haqida o'ylamoqda.
Robertsonning "Liverpul" bilan shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi. O'tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 18 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar