So’nggi yangiliklar

19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  2 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  14 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Markaziy Osiyo. Qozog'istonda eng qimmat futbolchi o'zgardi, Tojikistonda "Istiqlol" 4-o'ringa tushdi, "Arkadag'" esa kubok yarim finaliga chiqdi Yangiliklar

Markaziy Osiyo. Qozog'istonda eng qimmat futbolchi o'zgardi, Tojikistonda "Istiqlol" 4-o'ringa tushdi, "Arkadag'" esa kubok yarim finaliga chiqdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari musobaqalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov (barchasi – «Turon»)

Qozog'iston chempionatida 12-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

«Jetisu» – «Qayrat» – 2:2

«Qiziljar» – «Aqtobe» – 1:1

«Atirau» – «Ulitau» – 0:1

«Turan» – «Jenis» – 0:2

«Astana» – «Oqjetpes» – 5:2

«Ordabasi» – «Elimay» – 1:1

«Qaysar» – «Tobil» – 1:1

Turnir jadvalida «Astana» etakchilik qilmoqda, «Qayrat» eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

To'purarlar ro'yxatida «Qayrat»ning yosh forvardi Dastan Satpaev 8 ta gol urgan holda peshqadam bo'lib turibdi.

Dastan Satpaev, shuningdek, Qozog'iston Premer-ligasining eng qimmat futbolchisiga aylandi. Uning narxi birato'la 1,3 mln evroga ko'tarildi va 1,8 mln evroga etdi. Satpaevning jamoadoshi Valeriy Gromikoning narxi 200 ming evroga yuqoriladi, ammo 1,2 mln evroga baholanayotgan belaruslik yarim himoyachi eng qimmat futbolchi maqomini boy berdi.

13-tur o'yinlari 21–22 iyun kunlari o'tkaziladi:

21 iyun

«Qayrat» – «Qiziljar»

«Jenis» – «Atirau»

«Tobil» – «Jetisu»

«Elimay» – «Turan»

«Oqjetpes» – «Ordabasi»

22 iyun

«Qaysar» – «Ulitau»

«Aqtobe» – «Astana».

TOJIKISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – «Esxata»); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – «Istaravshan»); Zafar Ismoilov («Hulbuk»); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – «Xo'jand»); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – «Panjsher»).

Tojikiston chempionatida 12-tur o'yinlari bugun «Xo'jand» va «Istiqlol» uchrashuvidan so'ng nihoyasiga etadi. Ayni damda «Istiqlol» 21 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda, biroq yuqoridagilardan ikki o'yin kam o'tkazgan va peshqadam bilan orqaliqdagi masofa 3 ochkoni tashkil etadi. Bugungi o'yindagi ehtimoliy g'alaba ularni yana etakchilikka qaytarishi mumkin.

13-tur o'yinlari 20–22 iyun kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

O'zbekistonlik futbolchilar

Abdug'ani Kamolov («Abdish-Ata»), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzokhid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – «Alay»); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – «Asiagol»); Dadaxon Yusupov («Ilbirs»), Sherzod Abdullaev («Qirg'izoltin»), Aziz Kosibxonov («Muras Yunayted»), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov («Neftchi»), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – «O'shMU-Aldier»); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – «O'zgan»), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – «Talant»).

Qirg'iz Respublikasida kubok bahslari o'tkazildi va chorak finalchilar aniqlandi. G'oliblikka davogarlardan hisoblangan «Abdish-Ata» 1/8 finaldayoq musobaqa bilan xayrlashdi.

Chorak finalda quyidagi juftliklar o'zaro bellashadi:

«Dordoy» – «Alga»

«Talant» – «Bishkek Siti»

«Ozgon» – «Muras Yunayted»

«Alay» – «OshMU»

TURKMANISTON

Turkmanistonda mamlakat kubogi chorak final javob o'yinlari bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, amaldagi g'olib «Arkadag'» va «Axal» yarim final yo'lanmasini qo'lga kiritdi.

«Nebitchi» – «Arkadag'» – 1:3 (dastlabki o'yin – 0:6) 

Gollar: 42 Xidir Yakubov – 7 Begench Akmamedov, 13 Shanazar Tirkishov, 49 Didar Durdiev

«Kopetdag» – «Axal» – 0:1

Gol: 8 Dayanch Meredov

«Arkadag'» yarim finalda «Altin Asir» – «Ashxabad» g'olibi bilan to'qnash kelsa, «Axal» «Shagadam» – «Merv» juftligida ustun kelgan jamoa bilan bellashadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

   
18 iyu 17:53:35
Nurbek Eshmanov
Yaxshi maqola boʻlibdi. Boshqa chempionatlardagi transfer narxlarni ham chiqarib turing
   
18 iyu 12:03:25
Ayubkhon Mukhammadjonov
Doston Ibragimovga nima bo'lgan? Transfermarkt faoliyatini tugatgan deyapti
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика