Markaziy Osiyo. "Qayrat" yutqazdi, "Istiqlol" kubokdan chiqib ketdi, o'zbekistonlik Maradona esa top-assistentlardan biriga aylandi

Оқил Абдубарноев
21 avg 2025, 16:00
Markaziy Osiyo mamlakatlari musobaqalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

Qozog'iston chempionatida 21-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

"Qayrat" – "Elimay" – 2:3

"Qiziljar" – "Jenis" – 1:1 

"Turan" – "Qaysar" – 1:0

"Aqtobe" – "Oqjetpes" – 2:1

"Astana" – "Ulitau" – 4:0

"Ordabasi" – "Tobil" – 2:3

"Jetisu" – "Atirau" – 0:0

Turnir jadvalida "Astana" va bir o'yin ko'p o'tkazgan "Qayrat" peshqadamlik qilmoqda. "Tobil" ikki ochko ortda qolgan holda eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

Tupurarlar jadvalida Dauren Jumat va Nazmi Gripshi 9 tadan gol urgan holda yetakchilik qilmoqda.

TOJIKISTON

Tojikiston chempionatida 15-tur o'yinlari davom etmoqda. Tur uchrashuvlari 23 avgust kuni yakunlanadi.

Turnir jadvalida Dushanbening KMVA klubi 31 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, bir o'yin kam o'tkazgan "Istiqlol" hisobida 30 ochko mavjud.

Shuningdek, Tojikiston kubogi finali sanasi tasdiqlandi. Tursunzodaning "Regar-TadAZ" va Xo'jandning "Esxata" jamoalari 14 sentyabr kuni bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Eslatib o'tamiz, turnir favoriti "Istiqlol" chorak finalda musobaqani tark etgan.

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

Qirg'iz Respublikasi chempionatida 17-tur o'yinlari yakunlandi. Turnir jadvalida "Muras Yunayted" peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, birato'la uch klub peshqadamni taqib qilmoqda.

To'purarlar jadvalida "O'shMU"ning braziliyalik hujumchisi Romario Richard 13 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. 

Eng yaxshishi assistentlar reytingida esa "Abdish-Ata" sardori Erbol Atabaev 11 ta golli uzatma bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o'rinlarda borayotgan "O'shMU"ning o'zbekistonlik futbolchisi Maradona Safarov hisobida 7 ta assist mavjud.

18-tur o'yinlari bugun start oladi.

TURKMANISTON

Turkmaniston chempionatida 18-tur o'yinlari ortda qoldi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Turnir jadvalida OCHL-2 musobaqasida "Andijon" klubining bo'lajak raqibi "Arkadag'" yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Yaqin taqibchi "Ahal" bilan tafovut 25 ochkoni tashkil etadi.

 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia