U-17 Osiyo kubogi. Barcha chorak final juftliklari ma'lum. Yarim finalda Markaziy Osiyo derbisi bo'lishi mumkin

14 may 2026, 09:15
Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo kubogi davom etmoqda.

Kechagi uchrashuvlardan so'ng chorak finalning barcha juftliklari ma'lum bo'ldi.

Chorak final juftliklari bilan tanishing:

Saudiya Arabistoni - Xitoy

Vetnam - Avstraliya

Yaponiya - Tojikiston

O'zbekiston - Koreya Respublikasi

Chorak final uchrashuvlari 16 may kuni bo'lib o'tadi.

Agar O'zbekiston va Tojikiston o'smirlar terma jamoalari o'z uchrashuvlarida g'alaba qozonsa, jamoalar o'zaro yarim finalda bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: @ANikimbaev