So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  4

Bahrom Haydarov: "Murabbiy sifatida ularni ayblay olmayman" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Murabbiy sifatida ularni ayblay olmayman"

O'zbekiston Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" va "Bunyodkor" o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'tgan safargi mag'lubiyatdan so'ng rahbariyat va muxlislar oldida o'zimizni oqlashimiz kerak edi. Futbolchilar ham shunga yarasha kurashishdi. "Bunyodkor" O'zbekistonning kuchli jamoalaridan biri. Biz ularga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdik deb o'ylayman. Qarshi hujumlarda raqibni ushlashni reja qilgandik. Bizda ham etarlicha vaziyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Birinchi davra yakunlanayotganiga qaramay, yigitlar 120 daqiqa davomida to'xtamay yugurishmoqda.  Penaltilarni yaxshiroq ijro etsak ham bo'lar edi, lekin bu haqda bir nima deyish qiyin. Bugungi uchrashuv natijaga mos bo'ldi" - deya fikr bildirdi Bahrom Haydarov bugungi uchrashuv haqida.

- Penaltilar seriyasidan oldin darvozabon Aziz Isoqovni maydonga tushirish mumkinmidi? U o'tgan mavsumda "Metallurg"ga qarshi o'yinda uchta zarbani bartaraf etgan edi.

- 90 daqiqada ham shu haqda o'ylagandim. Ekstra taymlar davomida futbolchini almashtirish mumkin emas, faqatgina tanaffusda Isoqovni maydonga tushirishimiz mumkin edi. Isoqovni maydonga tushirsak, boshqa futbolchini zaxiraga olish imkoniyatidan mahrum bo'lardik. Bir futbolchimiz charchab qoldi va kichik jarohati bor edi. Reja bo'yicha Aziz maydonga tushishi kerak edi, u chigil yozdi mashg'ulotlarini boshlab yuborgan edi.

- Andro Giorgadze haqida gapirib o'tsangiz.

- Andro Giorgadze, Asliddin Toshtemirov va Jasur Yoqubov jarohatda. Uchta markaziy himoyachimiz jarohatlangan. "Mashal"ga qarshi o'yinda ham shunday holat edi. Hozir bor-yo'g'i bitta dona markaziy himoyachimiz Alisher Salimov bor. Boshqa futbolchilarning ular jarohatlangan himoyachilarning o'rnini to'ldirishga harakat qilmoqda.

- Ikki nafar futbolchi penaltilardan unumli foydalana olmadi. Ular mashg'ulotlarda 11 metrlik zarbalarni ijro etisharmidi?

- Ha. Har mashg'ulotda penalti tepishar edi. Bunday vaziyatda juda katta ruhiy bosim bo'ladi. Zo'r ijrochi ham eng so'nggi vaziyatda qarorini o'zgartirib yuborishi mumkin. Futbolchilar o'ziga kerakli xulosalar chiqarib olishadi degan umiddaman. Murabbiy sifatida ularni ayblay olmayman.

Reyting: -1   

Fikrlar

+1   
19 iyu 05:42:20
Баходиржон 1912
Бахром аут
   
19 iyu 06:52:27
Гена
Куконни чопган кугирчок хакамни аут килиш лозим
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика