So’nggi yangiliklar

22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  1 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1

Eldor Moyliev: "2003-2004 yilda tug'ilgan futbolchini yosh ham deb bo'lmaydi" Yangiliklar

Eldor Moyliev: "2003-2004 yilda tug'ilgan futbolchini yosh ham deb bo'lmaydi"

O'zbekiston Kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Aral" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Eldor Moyliev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Aral" jamoasini kurashuvchan futbol ko'rsatishini bilar edik. Dastlabki 15-20 daqiqalik tengkurashlar ostida o'tdi. Gol urib olganimizdan so'ng to'p bilan va to'psiz o'yinni nazorat qildik",- deydi Eldor Moyliev.

- Shahboz Nuriddinov ikkinchi bo'limda maydonga tushdi. Uning harakatlarini qanday baholaysiz?

- Shahboz kelajagi porloq futbolchi, hozirda jismoniy holatida biroz muammo bor. Murabbiylar bergan yuklamalar bilan individual shug'ullanmoqda. U asosiy tarkibga raqobat qila oladigan futbolchi. Chidamliligi biroz pand berayotganini aytmaganda bugun ham raqibga ancha qiyinchilik tug'dirdi.

- "Sho'rtan" bugun to'pga harakat va yakkakurashlarda qanday harakat qildi deb o'ylaysiz?

- To'rt kundan so'ng "Surxon"ga qarshi yana o'yinimiz bor. Shu bois to'psiz o'yinni nazorat qildik, to'p jamoamizda bo'lganida ham nazorat qildik. Albatta, xato va kamchiliklarimiz bor. Futbol xatolarsiz bo'lmaydi. 

- Siz kelganingizdan so'ng "Sho'rtan"da natijalar ko'rina boshladi. Siz hozir ham vaqtinchalik murabbiy maqomidamisiz? Bu davom etadimi?

- Ha, vaqtinchalik murabbiyman. Qolganini rahbariyat hal qiladi. 

- Ko'p intervyularingizda rahbariyat yoshlarga etibor berayotganini aytgansiz. Bundan kelib chiqqanda davralar oralig'ida katta o'zgarish bo'lmaydi?

- O'zimizga kerakli hujumchini ko'z ostimizga olib qo'yganmiz. Shu bilan birga yoshlarimiz ham bor, o'ynatamiz. Boshqa poziciyalarga tajribali futbolchilar kerak bo'lsa, ko'rib chiqamiz. Bu jarayonda hali. Markaziy himoyaga ham futbolchi olishni o'ylab turibmiz. Iqtidorli yoshlarimizni ikkinchi davrada taklif qilamiz. 

- Ushbu tarkibga ikki nafar tajribali futbolchini qo'shgan holda Superligada qolsa bo'ladimi?

- Superligada saqlab qolsa bo'ladi albatta. Hozirgi yigitlar ham iqtidorli. Etibor bersangiz, yoshligida turli terma jamoalarda o'ynashgan. Fikrlash qobiliyati kuchli. 3-4 nafar hujumni yakunlovchi futbolchi olsak uddalash mumkin. 2003-2004 yilda tug'ilgan futbolchilarni yosh ham deb bo'lmaydi. 

- "Aral" principial raqib hisoblanadi. Nima deb o'ylaysiz, "Sho'rtan" Superligada kuchayishga erishdimi?

- O'tgan yilgi o'yinlarni kuzatganim yo'q. Baribir Superliga va Pro liga darajasida farq bor. Mavsum boshida Superligada o'ynagan futbolchilarni jalb qilganmiz. Balki shuning uchundir.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика