So’nggi yangiliklar

15:27Ўзбекистон U-23 ҳамда ёшлар терма жамоасининг Хитой ва Туркиядаги йиғинда иштирок этадиган таркиби маълум  3 15:20Суперлига. "Бухоро" — "Бунёдкор" ўйини "Бунёдкор" стадионида бўлиб ўтади  0 15:00Ян Облак: "Афсуски, футболда бундай ҳолатлар учраб туради"  5 14:36Ван Дейк Кампуш ва Ал-Ҳелайфи олдида "Бро, бу Лига 1 эмас" деган сўзлари учун узр сўради ва ПСЖ уч йил ичидаги энг кучли рақиб эканини айтди  2 14:02Трент ПСЖга қарши ўйиндаги жароҳати туфайли "Ньюкасл" билан Лига кубоги финалида ўйнай олмаслиги мумкин  1 13:52"Бунёдкор" фан-клуби, матбуот хизмати ва легионерлар ҳақида — Мурод Алиев билан интервью  4 13:31Эрон терма жамоаси ҳужумчиси мавсум давомида оғриқ қолдирувчи воситалар билан ўйнаб келмоқда  2 13:05Ҳожимат Эркиновда жароҳат борми?  12 12:48"Манчестер Юнайтед" "Аталанта" етакчиси учун катта маблағ сарфлашга тайёр  2 12:24Қирғиз Республикаси терма жамоаси Ўзбекистонга қачон келиши маълум  17 12:01Суперлига. "Машъал" — "Сўғдиёна" ўйини Жиззахда ўтказилади  4 11:33Элит ОЧЛ. Буёғи қандай давом этади?  18 11:17"Астон Вилла" Асенсиони ПСЖдан сотиб олишга қарор қилди  6 10:40Файзуллаев: «Ҳамма сингари шок ҳолатга тушиб қолдим»  2 10:03Симеоне Альвареснинг бекор бўлган пенальтиси ҳақида фикр билдирди  45

Yosovich, Baydullaev, Toshmirzaev yoxud 2021 yilda o'z jamoasining eng yaxshilari (2-qism) Yangiliklar

Yosovich, Baydullaev, Toshmirzaev yoxud 2021 yilda o'z jamoasining eng yaxshilari (2-qism)

2022 yilning ilk kunlaridan sizlarni o'z maqolalarimiz bilan xursand qilishda davom etamiz. O'ylaymizki, biz bilan dam olish kunlarida zeriktirib qo'ymaymiz.

Kecha yangi yil arafasida tortiq qilgan 2021 yilda o'z jamoasining eng yaxshi futbolchilari haqidagi fikrlarimizning ikkinchi qismini o'qishingiz mumkin. 


Dragan CHeran, O'tkir Yusupov yoxud 2021 yilda o'z jamoasining eng yaxshisi bo'lgan 14 futbolchi (1-qism)

"Qo'qon-1912": Ivan Yosovich

2021 yildagi statistikasi: 24ta o'yin, 6ta gol, 2ta assist

Ivan Yosovich joriy mavsumda haqiqatdan qo'qonliklarning etakchisiga aylana oldi.  U nafaqat markaziy himoyadagi ishonchli o'yinlari, balki o'z gollari bilan ham jamoasining g'alabalariga munosib hissa qo'shdi, deya olamiz. Serbiyalik himoyachi mavsum yakunlariga ko'ra "Qo'qon-1912"ning to'purari bo'ldi, Superligada markaziy himoyachilar orasidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Mana shu omillarni hisobga olgan holda Yosovichni "Qo'qon-1912"ning eng yaxshi futbolchisi, deb topdik. Yana bir malumot mudofaa chizig'i vakili 2022 yilda ham "shunqorlar" sharafini himoya qiladi. 

Davogarlar: Muhammadanas Hasanov, Murod Xolmuhammedov


"Qizilqum": Erkin Baydullaev

2021 yildagi statistikasi: 5ta gol, 1ta assist

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi uchun mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlanganiga qaramay tarkibda o'zini ko'rsatgan futbolchilar ko'pchilikni tashkil qildi. Biz bir qator nomzodlar orasidan ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan Erkin Baydullaevni tanladik. Maydon markazidagi etakchilik, hujumlarni boshlash va liderlik qobiliyatini barcha ko'rdi. Futbol jamoaviy o'yin, gohida bir futbolchining qilgan mehnatlari jamoa fonida ko'rinmasligi mumkin. Agarda yakkama-yakka sport turi hisoblanganda Baydullaev o'yini va harakatoari bo'yicha bemalol yuqori o'rinlarni egallay olardi. Professionallikka amal qiladigan yarim himoyachi yangi yil tatili bo'lishiga qaramay mashg'ulotlarni to'xtatgani yo'q. 

Davogarlar: Elguja Grigalashvili, Georgiy Kuxianidze


"Surxon": Murod Bobojonov

2021 yildagi statistikasi: 23ta o'yin, 5ta gol

Mavsum davomida ko'p muvaffaqiyatsizliklarga duch kelgan va yakunda Superligada qolishni uddasidan chiqa olgan jamoalardan biri "Surxon" hisoblanadi. Bu yo'lda jamoadagi barcha futbolchilar birdek harakat qildi. Xuddi AGMK singari "Surxon"da ham birorta yorqin futbolchini ko'rsatish mushkul. Nominal nomzod sifatida Murod Bobojonovni tanlasak maqsadga muvaofiq bo'lardi. Negaki ushbu xujumchi mavsum davomida 5ta gol urdi. Ular orasida hal qiluvchi ahamiyatga ega gollar ham borligini eslatib o'tish joiz.

Davogarlar: Islom Toshpo'latov, Xusniddin G'ofurov

"Metallurg": Damir Temirov 

2021 yildagi statistikasi: 26ta o'yin, 4ta gol, 1ta assist 

Mavsum boshida qishda "Metallurg"ga kelib qo'shilgan Damir Temirov yangi jamoasiga tezda moslashdi. U ayniqsa Jasur Abduraimovning hujumkor uslubiga to'liq mos kelgandi. Tezkor va epchil harakatlari bilan etiborni jalb qilgan yarim himoyachi 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uning ayniqsa safarda "Andijon" darvozasiga urgan goli mavsumning eng chiroyli gollari safini bezab berdi. 

Davogarlar: SHahzod G'ofurbekov, Salamat Quttiboev

"Mashal": Sirojiddin Qo'ziev

2021 yildagi statistikasi: 22ta o'yin, 2ta gol, 5ta assist 

Etibor bergan bo'lsangiz Aleksandr Xomyakov murabbiyligidagi "Mashal" asosan himoyaviy va tartibli o'yin namoyish etdi. Muborakda ham jamoaviy harakatlar asosiy planga chiqdi. Garchi jamoa yakunda Superligadan tushib ketgan bo'lsada, tarkibda o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan ijrochilar ko'zga tashlandi. Ulardan biri Sirojiddin Qo'zievdir. U jamoasining 22ta o'yinida 2ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi. "Gazchilar" Superligadan tushib ketdi, lekin Sirojiddin Qo'ziev Superligada qoldi. Nega? U endilikda elitaga qaytgan "Neftchi"da to'p tepadi.

Davogarlar: Samuel CHigoze, Godvin CHika


"Andijon": Usmonali Ismonaliev

2021 yildagi statistikasi: 20ta o'yin, 4ta gol, 1ta assist

"Andijon"ning tom manodagi etakchisi Usmonali Ismonaliev bo'ldi desak yanglishmaymiz. Safarda "Navbahor" va "Mashal" darvozasiga urgan gollari jamoaga tarixiy va o'ta muhim g'alabalarni olib keldi. "Andijon" tarixda ilk bor Namangan va Muborak shaharlaridan g'alaba bilan qaytdi. Aslida sof himoyachi bo'lgan Usmonali Viktor Kumikov kelgach hujumda o'ynay boshladi. Balki yangi mavsumda Usmonalini boshqa jamoada ko'rarmiz. Buni vaqt ko'rsatadi albatta. 

Davogarlar: Farhod Sohibjonov, Plamen Dimov


"Turon": Bilol Toshmirzaev

2021 yildagi statistikasi: 23ta o'yin, 1ta gol, 4ta assist 

2021 yilning eng chiroyli goli muallifi. 

Yaypanliklar safida maydonda ajralib turgan yagona futbolchi -  Bilol Toshmirzaev. U har bir uchrashuvda o'yinni o'z qo'liga olishga, jamoasi uchun nimadir qilishga intilgani tahsinga loyiq. Qo'rqmasdan oldinga o'tishi, to'pni o'zida juda yaxshi ushlab tura olishi ko'pchilikning etiborini jalb qildi. "Lokomotiv" darvozasiga uzoq masofadan urgan goli esa mavsum yakunida eng chiroylisi, deb topildi. 

Davogarlar: Sunnatilla Abdullajonov, Muzaffar Muzaffarov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика