So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  5 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  40 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  30 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

Yoshligida o't o'chiruvchi bo'lishni xohlagan Zayniddin Tojiev 42 yoshga to'ldi Yangiliklar

Yoshligida o't o'chiruvchi bo'lishni xohlagan Zayniddin Tojiev 42 yoshga to'ldi

O'zbek futbolida aka-uka Tojievlarning alohida o'rni bor desak aslo yanglishmagan bo'lamiz.

Aka-ukalarning uch nafari hayotini bevosita futbol bilan bog'lagan. Kamoliddin ayni paytda Bekobodning «Metallurg» klubi sharafini himoya qilyapti. 33 yoshli Farhod esa kutilmaganda faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlayotgan qahramonimiz Zayniddin Tojiev esa murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. U ikkinchi yildirki, "Odil Junior" jamoasida murg'aq qalb egalariga millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgatib kelyapti.

Zayniddin Tojiev bolaligida ikki to'ng'ich akasi singari o't o'chiruvchi bo'lishni orzu qilgan. Lekin keyinchalik futbolga bo'lgan qiziqish ustun keldi. Qizig'i, u professional futbolchilik faoliyatini biroz kechroq boshlagan. 24 yoshida "Akademiya" klubi tarkibida oliy ligadagi debyutini nishonlagan. "Akademiya" debyutant klub bo'lishiga qaramay, 2001 yilgi oliy mavsumida 5-o'rinni egalladi. Tojiev esa chempionatda 10 ta gol kiritib, futbol ommasini o'ziga jalb qildi.

Futbolchilik faoliyatidagi yulduzli onlari "Paxtakor"da o'tgan. Tojiev ikki bor O'zbekiston chempioni va shuncha mamlakat kubogi sohibi bo'lgan. Legioner sifatida Qozog'istonning "Esil-Bagatir", "Ordabasi", Eronning "Saba Batteri" hamda Xitoyning "Tyanjin Teda" klublarida to'p tepgan. Zayniddin aka O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 3 marotaba ishg'ol qilgan.



- Futbolchilik faoliyatim davomida o'zimni murabbiylikka tayyorlab kelganman, - deydi biz bilan suhbatda bugungi qahramonimiz. - Tajribali murabbiylar qo'l ostida o'ynadim. Tabiiyki, ulardan o'sha paytning o'zida yon daftarchamga o'zim uchun kerakli deb topgan mashg'ulotlar sxemasini yozib borardim. Bir kun kelib bu menga asqotishini bilardim. Aytmoqchi bo'lganim, murabbiylikka shunchaki kelib qolmadim. Buning uchun yillar davomida o'zimni tayyorladim. Futboldan boshqa sohada o'zimni tasavvur ham qila olmasdim. Murabbiylikni bolalar bilan ishlashdan boshladim. Ularning dunyosi o'zgacha, o'z ishimdan shunchaki rohatlanaman. SHu bois ham o'zimni professional klublarga urmadim. Balki vaqti kelganida u erda ham ishlarman. Ammo, hozirgi paytda faoliyatim bolalar bilan bog'langan. Masalan, bir guruhda o'n nafar bola shug'ullansa, ularning xarakteri o'n xil bo'ladi. Har biriga alohida yondashuv bilan munosabatda bo'lishingiz kerak. Kimgadir yarimta gapning o'zi etadi. Boshqa bir bolaga bitta mashg'ulotni tushuntirish uchun bir soat ham etmaydi. Qaysidir shogirdingizga yumshoqroq, boshqasiga qattiqroq gapirish kerak. Bazi bolalar sal qattiqroq gapirsangiz yig'lab yuborishadi. "Hali bola-da", deb qo'yamiz. Bir so'z bilan aytganda, bolalar bilan ishlash shaxsan men uchun juda maroqli.



Nodirxo'ja Yuldashev Zayniddin Tojiev haqida

"Ochig'i, Zayniddin aka bilan qachon tanishganimni eslay olmayman. Lekin 2000 yillar boshida dasxat so'raganim kechagidek esimda. "Paxtakor"ga ishga kirganimdan keyin ko'plab safarlarga birga bordik. O'zini katta tutmaydigan, barcha bilan samimiy muomalada bo'ladigan ajoyib inson. "Odil Junior"ni ochayotganimizni bilganlaridan so'ng, o'zlarini murabbiylik faoliyatida sinab ko'rishga qaror qildilar. Ikkilanib o'tirmay ularga 2008 yilda tug'ilgan bolalarimizni berdik. Ikkilanmasligimning eng asosiy sababi, 5 nafar farzandning otasi bo'lgan kishidan bolalar futbolida yaxshi murabbiy chiqishini bashorat qilish qiyin emas edi. Futbolchilarimizga o'z farzandidek qaraydi. Hozir ko'plab safarlarda birga bo'layapmiz, juda ham ajoyib inson. Futbolchilarimiz ko'p narsalarni o'rganayaptilar. Bugun "Sergeli" jamoasi bilan tur uchrashuvini o'tkazdik. Hisob 1:1 bo'lib turgan vaziyatda galstuk haqidagi latifa esimga tushdi. Keyin ikkita gol urib, galstukni "tashlab yubordik".

Zayniddin akamga uzoq umr va oilaviy baxt tilayman.



BIZNING MA'LUMOT

Zayniddin Faxriddinovich Tojiev ko'pchilikka "Paxtakor"dagi yorqin o'yinlari bilan tanilgan. Tojievlarning to'ng'ichi futboldagi professional faoliyatini 24 yoshida Toshkentning "Akademiya" jamoasida boshlagan.

"Paxtakor", "Esil Bogatir" (Qozog'iston), "Saba Batteri" (Eron), "Tyanjin Teda" (Xitoy), "SHo'rtan", "Ordabasi" (Qozog'iston), "Lokomotiv" (Toshkent), "Neftchi" (Farg'ona), "Buxoro" (Buxoro) va "Dinamo" (Samarqand) jamoalarida faoliyat olib borgan. Tojiev O'zbekiston milliy terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 3 marotaba ishg'ol qilgan. Hozirda "Odil Junior" jamoasida bolalarga millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgatib kelyapti.

Fursatdan foydalanib, biz ham saytimiz xodimlari va o'quvchilari nomidan bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Zayniddin Tojievni unutilmas kun bilan muborakbod etamiz.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика